Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
39
asosida fikrlarini bayon qiladi. Uning asarlari badiiy yetukligi, mazmun qamrovining 
kengligi bilan keng kitobxonlar ommasining qalbini, mehrini qozona olgan.
Jaloliddin Rumiy qabri Kunyo shahridadir. Uning ziyoratiga nafaqat musulmonlar, turli 
din vakillari ham keladilar. 2007 yil “Yunesko” qaroriga muvofiq “Jaloliddin Rumiy yili” 
deb e’lon qilindi.
Yunus Emro
.Turk so’fiy shoirlaridan Yunus Emro ijodi turk xalqida xuddi Ahmad 
Yassaviy “hikmat”lari singari mashhur bo’lgan. Uning she’rlarida ishq-muhabbat, irfon va 
tavhid, dunyo va oxirat, hayot va o’lim, komil inson sifatlari, o’zlikni anglash, axloqni, 
nafsni isloh qilish haqida so’z boradi. Yunus Emro Ahmad Yassaviy yo’lining davomchisi, 
asosiy izdoshlaridan. U teran fikrlarni sodda shakllarda ifodalagan, uning she’rlarida 
ixcham jumlalar, kuchli fikrlar qisqa misralarda namoyon bo’ladi. Xuddi Ahmad Yassaviy 
singari diniy-tasavvufiy mazmunda o’z she’rlarini turkiy tilda yozgan mashhur shoirlar 
sirasidan. Uni nafaqat turkiy xalqlar, balki butun dunyo she’riyat ixlosmandlari biladi. 
1992 yil Yunesko tomonidan Yunus Emro yili deb nomlangan edi.
Yunus Emro turkiy olamda mashhur bo’lsa-da, u haqda ma’lumotlar juda kam. Uning 
hayoti va ijodini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar yaratilgan bo’lsa ham, shoir 
haqidagi chinakam tarixiy ma’lumotlar yo’q. She’rlaridan birida aytilgan 1307 yil shoirning 
tug’ilgan yilimi yoki uning tariqatga kirgan yilimi, degan tortishuvlar bo’lgan. Har holda bu 
yillarda Yunus Emro hayot bo’lgan degan xulosaga kelish mumkin. Hayot yo’li haqida 
ma’lumotlar va manbalar saqlanmagan, qabri qaerda ekani ham ma’lum emas. Onado’li 
shahrining o’zida Yunus Emroga nisbat beriluvchi beshta qabr ma’lum. Shoir hayoti 
haqidagi ma’lumotlar afsonalarga qorishib ketgan. U haqda o’rta asr tazkira va 
tarixnavislik asarlarida ma’lumot deyarli uchramaydi. Ilk usmonli turk shoirlari haqida 
ma’lumot bergan tazkirachi Toshkyopruluzoda ham Yunus Emroga bir satr ajratgan xolos. 
Buning sabablari Yunus Emroning falsafiy, diniy, tasavvufiy qarashlari o’sha vaqtdagi 
siyosiy doiralar, saroy manfaatlariga to’g’ri kelmaganligi bo’lishi ham mumkin. 
V.Garbuzovaning ta’kidiga ko’ra, Yu.Emro asosan dehqonlar va mayda hunarmandlardan 
iborat kishilar doirasidagina o’z maqsadlarini bayon qilardi. Shundan so’ng u o’z 



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə