|
![](/i/favi32.png) Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaevaDildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiyTurkiy xalqlar adabiyoti
40
she’rlarini o’qib berardi. Bu she’rlarda hozirgina targ’ibot qilingan so’fizmning asosiy
qonun qoidalari to’g’risidagi fikrlarga yakun yasalardi
1
. Ehtimol, shoir bu yerda
to’planganlarga she’rlarini o’qib bergan va ular bilan birga kuyga solib, kuylagan bo’lishi
ham mumkin.
Mas’ud As’ad Jo’shonning fikriga ko’ra, Hoji Bektosh kutubxonasidagi bir yozuvning
tepa qismida: “Yunus falon yilda tug’ilgan, yoshi falonda, falon yili vafot etgan” degan qayd
bor. Shu ma’lumotga ko’ra Yunus 320 yillarda vafot etgan. Biroq bu yetarli asos emas. Bu
qaydlar kim tomonidan yozilgani va gap aynan Yunus Emro haqida ketyaptimi, bular
noma’lum. Jo’shon bundan asosliroq ma’lumot borligini ta’kidlaydi. Shoirning “Risolayi
Nusxiyya” asari oxirida uning 707 yilda yozilgan degan sana bor. Mazkur sana melodiy
1306-1307 yillarga to’g’ri keladi. Agar ushbu ma’lumotlarga asoslanilsa, Yunus Emro
usmonlilardan oldin hayot bo’lgan deyish mumkin
2
. Boshqa ma’lumotlar ham uning
saljuqiylar sultonligining qulashi va usmonlilar davlatining vujudga kelishi davrida
yashaganligi, Qora dengiz sohillarida, Sakarya vodiysida joylashgan qishloqlarda tasavvuf
g’oyalarini targ’ib qilib yurganligidan darak beradi
2
. Yunus Emroning nomini Tabduq
Emro bilan bog’laydilar. Ikkalasi bir shaxs emas, balki Tabduq Emro shayx bo’lib Yunus
Emro uning muridi bo’lgan.
Uning oila qurgani, farzandlari bo’lgani va ancha uzoq umr ko’rganligi haqidagi
ma’lumotlarni she’rlari orqali aniqlash mumkin. She’rlaridan birida “Alloh bizga ham
bolachaqa berdi”, deb yozadi. Uni hurmat qilib “Shayx afandi” deb atashgan. Shoir bu
haqda “Meni shayx deyishadi. Aslida martabam juda pastda”, deb kamtarlik qilsa ham
atrofdagilar shoirni ulug’lashgan, izzat hurmatini joyiga qo’yishgan. Shoirdan bizgacha
ikkita asari: “Devon” va “Risolai Nusxiyyya” asari yetib kelgan. Yunus Emroning Ko’niyada
tahsil olgani haqida ham she’rlarining mazmunidan taxmin qilish mumkin. Yunus Emro
birovlar aytganidek, o’tinchi, omi, alifni tanimaydigan savodsiz kishi emas, balki
1
Гарбузова В. Турк адабиёти классиклари. Т., 21 б.
2
Масъуд Асъад Жўшон. Юнус Эмро ва тасаввуф. – Т.:Фан, 2001. – 29-36-б.
2
Гарбузова Г.С. Турк адабиёти классиклари. – Тошкент, 1960. 20-21-б.
|
|
|