Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Ahmadiy (1329-1413).
Tojiddin Ahmad ibn Ibrohim Garmiyonda tug’ilgan. Ilm olish 
uchun Qohiraga boradi. U yerda Shamsiddin Muhammad al Fanoriydan tabobat ilmini 
o’rganadi. Ahmadiyning Amir Temurga bag’ishlab yozgan qasidasi ma’lum. U Amase 
shahrida Sulaymon saroyida yashaydi. Hukmdorni ulug’lovchi bir qancha she’rlar va 
qasidalar yozadi. Uning ijodida “Iskandarnoma” asari alohida o’rin tutadi.
1
Ҳаққулов И. Абадият фарзандлари. Тошкент, 1990 йил, 94 – бет.


Turkiy xalqlar adabiyoti 
43
Iskandar haqida xalqda ko’plab afsona va rivoyatlar tarqalgan. U tarixiy shaxs 
Aleksandr Makedonskiy bo’lib, uning obrazi yozma adabiyotda ilk marta Abulqosim 
Firdavsiyning “Shohnoma” asarida talqin etilgan. Ahmadiy bu asar bilan tanish bo’lgan 
bo’lishi mumkin. Shoir bu turdagi doston yaratish an’analariga muvofiq yo’l tutish bilan 
birga o’zi ham mustaqil ravishda dostonga Kichik Osiyo tarixiga oid bir bob kiritadi. 
Ahmadiy dostonida ham Iskandar obrazi boshqa dostonlardagi kabi ijobiy qahramon 
sifatida tasvirlanadi. Dostonga xalq o’rtasida tarqalgan afsonalar mazmuni ham kiritilgan. 
Iskandar va Gulshoh haqidagi ishqiy sarguzasht ham dostondan o’rin olgan. Iskandar 
abadiy yashab qolish istagida tiriklik suvini qidirib zulmat mamlakatiga safar qiladi. Uni 
topolmasdan olamdan o’tadi. Ahmadiy zulmat mamlakati deb ramziy ma’noda nodonlik, 
johillikni tushuntiradi, tiriklik suvini esa ilm-fan deb nazarda tutadi. Uning fikricha, ilmfan 
yo’lini tutgan odam ezgulik yo’lida o’z nomi bilan abadiylikka erishadi. Iskandar bilan 
olishadigan yovuz kuchlar esa odamlardagi illatlardir.
Ahmadiyning ikkinchi dostoni “Jamshid va Xurshid” dostonidir. Chin podshosining 
o’g’li Jamshid tushida bir go’zal qizni sevib qoladi. U bir sayyoh rassomdan bu go’zal yunon 
hukmdorining qizi Xurshid ekanini bilgach, yuz minglik qo’shin bilan Rumga jo’naydi. U 
yo’lda turli maxluqlar, devlar, ajdarholar, yirtqich hayvonlar bilan kurashib, ularni yengadi. 
Kema xalokatiga yo’liqib omon qoladi. Rumga yetib kelganda Xurshid ham uni sevib qoladi. 
Ularning sevgisiga Xurshidning onasi qarshi chiqadi. Bir qancha sarguzashtlardan so’ng 
Jamshid qizni olib yurtiga ketadi. Bu doston ham tasavvufiyramziy mazmunga ega bo’lib, 
asarning bosh qahramonlari haqiqat, iloh, ajdarho – manmanlik, uning yetti boshi – hasad 
majozidir.
Ahmadiy tarjimon sifatida ham faoliyat olib borgan. U Ibn Sinoning “Tib qonunlari” 
kitobini turk tiliga tarjima qilgan. Uning devonida mumtoz lirik janrlardan g’azallar, 
qasidalar, tarkibbandlar mavjud bo’lib, sakkiz ming baytdan ortiq hajmni tashkil qiladi. U 
o’z davrida xattotlik va musavvirlik ham qilgan.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə