Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
36
masnaviy va ruboiylardan iborat. Mavlono Rumiy barcha asarlarida inson kamoloti, 
ma’naviyati xususida so’z yuritadi. Uning “Masnaviy ma’naviy” asarini “fors tilidagi Qur’on” 
deb tavsif etadilar. Shoir bu kitobni Fariddin Attorning «Mantiqut tayr» kitobidan 
ta’sirlanib yozgan. Asar 25700 baytdan iborat bo’lib, xalq orasida juda mashhur bo’lgan.
Jaloliddin Rumiy dindagi mazhablar o’rtasidagi muxolifatlarga qarshi bo’lgan. Uning 
g’oyasi dunyodagi dinlarni birlashtirish emas, balki ular o’rtasidagi munozara, tortishuv
kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo’lgan. Adabiyotshunos Najmiddin Komilov bu haqda 
shunday so’z yuritadi: “Mazhablar Xoliq haqida emas, balki mahluqot, ya’ni yaratilgan 
narsalar, odamlar o’zi o’ylab topgan rasm-rusumlar, qoida-qonunlar, aqidalar haqida bahs-
munozara qiladilar. Tasavvuf ahli esa Haq taoloning O’zi, uning zoti va javhari, ya’ni 
mohiyatlar mohiyatiga yetishish uchun intilganlari sababli bu rasm-rusumlar, qoidalarga 
e’tibor qilmasdilar. Ular shariatni qattiq hurmat qilganlar. Biroq, shariat shariat uchun 
emas, balki shariat haqiqat uchun vosita deb qaralgan”
1
.
Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat” asarida Rumiy va Sadriddin Qazviniy 
haqidagi hikoya keltiriladi. Rumiy suhbatlardan birida islom mazhablari to’g’risida so’z 
borganda: "Men yetmish uch mazhab bilan birgaman", deydi. Qazviniy o’z shogirdiga 
keyingi majlisda shu gapini eslatishni va tan olsa, uni bor haqoratlar bilan so’kishini 
tayinlaydi. Qazviniyning shogirdi Rumiyni so’kib haqorat qilganda, Rumiy: “Men sen 
aytganlar bilan ham birgadirman”, deydi. Bu hikoyat mazmuni Payg’ambarimiz 
Muhammad (s.a.v)ning jo’hud ayol uni ustiga tepadan turib axlat ag’darsa ham hech narsa 
demay o’tib ketishi, oxir oqibat ayolning Payg’ambarimizning iymon, e’tiqodi va insofi 
oldida taslim bo’lib islom dinini qabul qilgani haqidagi voqeani eslatadi.
Jaloliddin Rumiy asarlaridagi bosh g’oya ham shundan iboratki, yo’llar turfa, ya’ni 
mazhablar turlicha bo’lsa ham maqsad bir. Maqsad Haqqa yetishmoqdir. Bir o’rinda:
Narsa yo’qkim, xoriji olam erur,
Har ne istarsen o’zingda jam erur, deb insonning borliq bilan biru borligini ta’kidlaydi. 
Komil inson ollohga yaqinlashadi deb hisoblaydi. Quyidagi bayt shu haqda:



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə