|
![](/i/favi32.png) Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaevaDildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiyTurkiy xalqlar adabiyoti
34
hozirgi Afg’onistonning Balx shahrida, Sultonul ulamo unvonini olgan ulug’ shayx
Muhammad Bahovaddin Valad xonadonida 1207 yilda dunyoga keladi. Uning ajdodlari asli
xorazmlik turkiy qabilalardan bo’lgan. Onasi Mo’mina xotun Balx amiri Ruq’iddinning qizi
bo’lgan. Bahovaddin Valad o’z e’tiqodi va maslagida sobitligi uchun Balx hokimi bilan
chiqisha olmay, u yerdan chiqib, Nishopur, Bag’dod, Makka, Madina, Damashq, Xalab,
Erzinjon, Oqshahar kabi joylarda umrguzaronlik qiladi. U Sivas va Kayseri shaharlarida
ham bir muddat yashaydi. O’sha davrning sultonlari, mudarris va shayxlari uni va’zlar
o’qish uchun Larenda, Ko’nyo kabi shaharlarga taklif qilishadi. 1225 yilda Jaloliddin Rumiy
mo’g’ullar zulmidan qochgan samarqandlik olimning qizi Gavharga uylanadi. Uning ikki
o’g’li Sulton Valad va Aloviddin Chalabiy, qizi Kimyo tug’iladi.
Bahovaddin Valad va o’g’li Jaloliddin Ko’nyo shahriga kelib turg’un bo’lib qoladi.
Bahovaddin Valad qaerga borsa ham o’z va’zlari bilan shuhrat qozonadi. Uning ta’rifini
eshitgan turk sultoni Aloiddin Kaykubod Kunyo shahriga taklif qilgan edi. O’sha davrda bu
yerda ko’plab ilm-ma’rifat ahllari yig’ilgan edi. Bahovaddin Valadga turk sultoni alohida
madrasa qurdirgan edi. U shu yerda dars beradi, va’zlar o’qiydi. Bu va’zlarni tinglash
uchun boshqa shaharlardan ham ixlosmandlar Ko’nyoga tashrif buyurishar edi.
Bahovaddin Valad 1231 yilda vafot etadi, otasining ishlarini o’g’li Jaloliddin davom
ettiradi. U Sayyid Burhoniddin Termiziy, Muhiddin Ibn al –Arabiy kabi olimlardan
tasavvuf, fiqh ilmidan saboq oladi. Madrasalarda mudarrislik qiladi, va’zlar o’qiydi. Uning
shogirdlari va ixlosmandlari atrofiga yig’iladi.
1244 yil Kunyoga Muhammad Shamsiddin Tabriziy degan darvish keladi. U mashhur
so’fiylardan bo’lib, Jaloliddin u bilan ko’chada tasodifan tanishib qoladi. Ular o’rtasida
dastlab munozara, tortishuvlar bo’ladi, bir necha kun o’tgach, bir umrlik do’st,
maslakdoshga aylanadilar. Shamsiddin Tabriziy Jaloliddin Rumiy hayotini butkul
o’zgartirib yuboradi. Ular soatlab, kunlab suhbat qurar edilar. Rumiy madrasada dars
berishni to’xtatib, do’stlari va shogirdlari bilan munosabatni uzgani uchun ular norozi
bo’ladilar va Shamsiddin Tabriziyga tahdid qiladilar. U 1244 yilda Kunyodan ketib qoladi.
Jaloliddin Rumiy yaqin do’sti, maslakdoshini yo’qotib qattiq iztirob chekadi. Ota
|
|
|