Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
37
Agarchi har lahza izlarsiz ilohiyni,
Ani izlashga hojat yo’q, ilohiy siz, ilohiy siz.
“Yo’llar muxtalif, ammo maqsad bir” degan g’oyani tushuntirish uchun Rumiy “To’rt 
yo’lovchi haqidagi hikoya”ni keltiradi. Turk, arab, fors, yunon bozorda ketishayotsa, bir 
kishi ularga pul beradi. Fors “Angur olaylik, desa arab eynab, Turk uzum, yunon stafilь 
sotib olamiz, deb urishadilar, birining tishi, ikkinchisining qovurg’asi lat yeydi. Bir 
tilshunos ularni rastalardan biriga olib boradi va uzumni ko’rsatadi. To’rtovi lol qoladi.
1
Комилов Н. Румийни англаш иштиёқи/ Жалолиддин Румий. Маънавий маснавий. – Тошкент: Шарқ, 
1999. – 7-б. 
Ularning maqsadi bitta uzum ekan, lekin bir birlarini tushunmaganlari uchun urush 
chiqqan edi. Rumiy jamiyatdagi kelishmovchiliklarning, urushlarning ibtidosi o’zaro 
tushunishning yo’qligi, meniki to’g’ri, deb xudbinlik qiluvchi yoki turli guruhlarga bo’linib 
adovat urug’ini yoyuvchi kishilarni tanqid qiladi. Xususan, dindagi firqalar, guruhlarga 
bo’linishlarni qoralaydi. O’z fikrlarini sodda shaklda tushuntiradi. Hajga ketayotgan 
kishilar manzilga yetib borgunlaricha goh yo’l, goh suv, goh navbat va h.k.larni 
talashadilar. Ular Ka’baga yetganlaridan so’ng jim qoladilar, chunki ular maqsadga 
yetdilar, urushib talashishga hojat qolmadi, deydi.
Insonlarning yashashida, fikrlash tarzida, olamga, odam va Ollohga munosabatida 
shaklga, tashqi vositalarga, ko’rinishga e’tibor qilib mohiyatni anglab yetmasliklarini 
“Baqqol va uning to’tisi” hikoyasida majoziy tarzda tanqid qiladi. Bir baqqolning chiroyli 
to’tisi bor edi. Kunlarning birida u do’kon ichida parvoz qilib, gul moyi to’la shishalarni 
sindirib yubordi. Baqqol bundan jahli chiqdi va to’tining boshiga shunday zarb bilan 
urdiki, uning patlari to’kilib, to’ti kal bo’lib qoldi. Bir necha kundan keyin do’konga bir kal 
odam kelganda, to’ti undan: “Sen ham gul moyi shishalarini sindirib qo’ydingmi?” deb 
so’radi. Mazkur masal hodisalarning bir-biriga o’xshashligi ularning yagonaligiga dalil 
bo’la olmasligi haqidadir. Yoki ko’rlar va fil haqidagi voqeani she’riy tarzda bayon qilarkan, 
insonlarning shakl va vositalarga qarab xulosa chiqarib mohiyatni anglamasliklarini tanqid 
qiladi.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə