Turli kirish texnologiyalarining asosiy tavsiflari, qo‘llaniladigan muhit bo‘yicha kirish texnologiyalarining klassifikatsiyasi, yangi kirish texnologiyalarining klassifikatsiyasi reja



Yüklə 254,2 Kb.
səhifə7/9
tarix27.12.2023
ölçüsü254,2 Kb.
#162350
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Turli kirish texnologiyalarining asosiy tavsiflari

WiMAX texnologiyasi strukturasi bo‘yichaWi-Fi ga o‘xshash. WiMAX texnologiyasining tafsilotlari IEEE 802.16e standartida keltirilgan. Misol tariqasida 10.15-rasmda Nortel kompaniyasi WiMAX tarmog‘ining texnik echim konfiguratsiyasi keltirilgan. Rasmdan kelib chiqadiki, WiMAX tizimida sotali qoplash tizimiga birlashtirilgan abonent qurilmalari va bazaviy stansiyalarni o‘z ichiga oluvchi tayanch radiotizim, shuningdek, umumfoydalanish tarmoqlari bilan shlyuzlar mavjud bo‘lgan simli komponenta, avtorizatsiya, identifikatsiya (Radius), boshqaruv, kommutatsiya va boshqa serverlar mavjud. WiMAX texnologiyasi boshida MAN kirish tarmoqlarini yaratishga qaratilganligi sababli, boshqaruv elementlarining arxitekturasi unda Wi-Fi ga qaraganda chuqurroq ishlab chiqilgan va o‘z ichiga NGN tizimlarining boshqaruv va kommutatsiya sathlarini oladi (Softswitch, IMS – pastga qarang). SHu sababdan 10.15-rasmdagi sxema 10.14-rasmdagi sxemaga nisbatan murakkabroq, ammo radioulanish tarmoqlari komponentlarining to‘plami deyarli bir xil.
Wi-Fi va WiMAX texnologiyalari nafaqat tarmoqning murakkabligi, balki chastota diapazoni, sotalar o‘lchami, AAA protseduralari, shuningdek, abonentlarning mobilligini ta’minlovchi maxsus texnologik echimlar bilan farqlanadi. Ushbu texnologiyalar 10.4-jadvalda qisqacha keltirilgan tafovutlari ham mavjud. Jadvaldan kelib chiqadiki, WiMAX texnologiyasi yirik radioulanish tarmoqlarini yaratish uchun istiqbolliroqdir. SHu bilan birga Wi-Fi texnologiyasi zamonaviy shaharlarning eng mashhur nuqtalarida katta bo‘lmagan radioulanish tizim nuqtalarini hosil qiladi. YUqorida ko‘rib chiqilgan tendensiyani hisobga olgan holda, Wi-Fi va WiMAX texnologiyalariga hozirgi vaqtda ikki raqobatchi texnologiyalar sifatida qarash mumkin.
Bu holatda, simli kirish tarmoqlari tizimlari kabi tarmoqni o‘rnatishning ikki alternativ biznes-modeli mavjud. Operator kirish tarmoqlarini abonentdan Wi-Fi texnologiyasi asosida rivojlantirishi mumkin.



10.15-rasm.WiMAX tizimining ehtimoliy strukturalaridan biri


Bu holatda “shaxarni qoplash” strategiyasi kirish nuqtalarini eng gavjum joylarga o‘rnatish butun tarmoq bo‘ylab rouming o‘rnatishdan iborat bo‘ladi. SHu tarzda “biznesni bosqichma-bosqich rivojlantirish” modelini olamiz. WiMAX texnologiyasi radioulanish tarmog‘ini butun shahar hududini qoplaydigan qilib o‘rnatish orqali investitsion biznes-modelni taklif qiladi.Agar simli kirish texnologiyalari bilan solishtirilsa, biznes-modeldan foydalanish bo‘yicha uy Ethernet tarmog‘i Wi-Fi texnologiyasiga, WiMAX ga esa – DSL va PON investitsion loyihalari ekvivalent bo‘ladi. Keltirilgan analogiyalar tasodifik emas. Uy Ethernet tarmog‘i operatorlari bino ichida abonent tarmog‘ini tejash uchun Wi-Fi texnologiyasidan foydalanadilar. SHuningdek, yirik operatorlar ham DSL va PON tarmoqlarining rivojlanishi bilan oxirgi vaqtlarda IEEE 802.16 standarti texnologiyalaridan foydalanmoqdalar.





Yüklə 254,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə