Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Etnologiya tarixidan. Ilk davr



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/212
tarix03.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#121262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Etnologiya tarixidan. Ilk davr. 
Ilk etnografik m a’lumotlar bizga 
Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari yodgorliklari orqali yetib kelgan. Bo- 
billiklar, ossuriyaliklar, misrliklar o ‘zlaridan toshlarga bitilgan odam- 
laming tashqi qiyofalari, kiyimlari, ko ‘plab tasvirlami qoldirganlar.
Yunon-rim dunyosi ham o‘zidan keng miqyosdagi haqiqatni tavsif- 
langan etnografik m a’lumotlar bilan birgalikda, ayrim xayoliy buzib 
ko‘rsatilgan m a’lumotlami ham qoldirganlar. Gerodot va Komeliy 
Tatsitlar o ‘z asarlarida xalqiaming kelib chiqishi, ulaming qarindoshligi 
masalalarini o‘rganishgan. Dunyo xalqlari haqidagi tasavvurlar Buyuk 
geografik kashfiyotlardan keyin yanada kengaydi. X.Kolumb (1492)
7


Amerikani kashf etishi, Vasko da Gama (1497-1499)ning Yevropadan 
Afrikaning janubi orqali Hindistonga dengiz yo ‘lini ochishi, F.Magellan 
(1519-1522)ning dunyo bo‘ylab ilk sayohatlari insoniyatni yangi xalq­
lar, madaniyatlar bilan tanishtirdi. Ayni paytda yevropaliklaming mus- 
tamlakachilik siyosati boshlanib, aynan shu jarayon etnologiyaning fan 
sifatida shakllanishiga zamin tayyorlaydi.
Etnologiyaning yuksalishi. 
Etnologiya fani ilmning mustaqil so- 
hasi sifatida XIX asming o ‘rtalarida vujudga keladi. Bu davrda qator 
davlatlar (Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya, Ispaniya, Por- 
tugaliya, Rossiya) yirik mustamlakachi davlatlarga aylanadilar. Turli 
xarakterlami, tili, madaniyatini o ‘rganish ko‘pincha mustamlakachi- 
laming amaliy ehtiyojlari, boshqaruv va xo ‘jalik faoliyati, shuning- 
dek savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishilgan etnoslaming tili, urf- 
odatlarini bilish zamriyatidan kelib chiqqan.
Ilk etnologlar yuksaltirgan muhim g‘oyalardan biri madaniyat 
evolutsiyasi, oila, din va ijtimoiy hayotning boshqa jihatlarini tadqiq 
etish bo‘lgan. Etnolog-olimlar yer yuzidagi madaniyat va jam iyat 
taraqqiyoti, umumiy ichki qonunlarga bo ‘ysunib soddalikdan mu- 
rakkablikka tomon yuksala boradi. Evolutsionizm g ‘oyasi jam iyat va 
uning tarixiga oid ilmiy tasavvurlaming tarqalishiga xizmat qiladi.
Angliyalik E.Teylor, amerikalik L.T. Morgan, N.N. Mikluxo- 
Maklay va boshqalar evolutsiya nazariyasining yirik vakillari boTgan. 
E.Teyloming «Ibtidoiy madaniyat» nomli asosiy asari insoniyatning 
m a’naviy madaniyati, ayniqsa, diniy tasavvurlarining taraqqiyotiga 
bag‘ishlangan. Morganning butun ilmiy hayoti amerika hindu qabi- 
lalarini o ‘rganish bilan o ‘tgan. Uning asosiy asarlari «Qadimgi jam i­
yat» va «Irokezlar (xodenasauni) ligasi»da olim um g‘chilik jam oasi 
va davlat vujudga kelishi orasidagi bosqichni o ‘rganib, fanning eng 
mashhur kishilaridan biriga aylandi. N.N. Mikluxo-Maklay o ‘zining 
fidoyiligi bilan nom chiqarib, Yangi Gvineya papuaslari haqida ajoyib 
asarlar yozib qoldirgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə