Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Yangi va eng yangi davrlarda migratsiya jarayonlari



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/212
tarix03.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#121262
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   212
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Yangi va eng yangi davrlarda migratsiya jarayonlari. 
Dunyo 
xalqlari etnik tarixida X V I-X IX asrlarda yevropaliklarning Ameri­
ka, Janubiy Afrika, Avstraliya va Okeaniyaga ommaviy ko ‘chishlari 
bo‘igan. 
Ushbu migratsiyalar dunyoning xaritasini butunlay 
o ‘zgartirib yubordi. Bir tomondan bu jarayonlar yangi afrikanerlar, 
angloavstraliyaliklar, anglokanadaliklar va hokazolami shakllantir- 
gan bo ‘lsa, boshqa jihatdan migratsiyalar tufayli mahalliy aborigen 
aholining ommaviy qirilishiga olib keladi.
Urushlar, omm aviy qul savdosi, yangi hududlami o ‘zlashtirish,
16


iqtisodiy taraqqiyot ko ‘plab etnoslar va xalqlar hayotini keskin 
o ‘zgartiradi. Yevropada ko ‘plab ekinlar, xususan, m akkajo‘xori, kar­
toshka, pomidorlar, tamaki, ziravorlar, choy va qahvalar tarqaladi.
Amerika, Afrika, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda yevro­
paliklar ta ’sirida yangi dinlar, xo ‘jalik faoliyati turlari vujudga keladi. 
Bu jarayonlar butun yer yuzi aholisini savdo, iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy aloqalari jarayonlariga tortib. ulami mustahkam iplar bilan 
bog‘ lagan.
XX asr boshlarida dunyo xalqlarining joylashuvi barqarorlashib, 
ular orasidagi o ‘zaro hamkorlik, paroxod, parovoz, telegraf va radio- 
lar ixtiro qilinishi tufayli birmuncha faollashadi. XX asr so‘nggida 
xalqlaming o ‘zaro aloqalari umumsayyoraviy xususiyat oldi. Zamo­
naviy kompyuter tizimlarining joriy etilishi yer yuzasining eng uzoq 
nuqtalari bilan tezkor aloqaga kirishish imkonini beradi. Jahonda ro ‘y 
berayotgan voqealaming o‘zaro bog‘liqligi, madaniy almashinuvlar 
faolligining keskin o ‘sishi global hamjamiyatning shakllanganidan 
darak bermoqda.
Etnologiya tadqiqot metodlari. 
Tadqiqotchi etnologlar qizi- 
quvchan sayyohlardan farqli o ‘laroq, ulami tanlagan aholisi haqida 
aniq va mukammal m a’lumotlami olishga intilishadi. Dala tadqiqot- 
lariga chiqishdan oldin har tomonlama tayyorgarlik k o ‘rish etnolog- 
ning muvaffaqiyatini ta ’minlaydi. Bu borada tadqiqotchi uni qiziqtir- 
gan xalq yoki aholi guruhiga oid hujjatlar, ilmiy ishlar, muzey kollek- 
siyalari va boshqalami o'rganishlari lozim. So‘ngra tadqiqotchi savol- 
noma tuzib axborotchi bilan b o ia ja k suhbatini m a’lum yo ‘nalishga 
tushirib olishga tayyorlanadi. Ekspeditsiya paytida o ‘rganiladigan 
mavzular, tadqiqot o ‘tkazish uchun turli texnik vositalar - foto, kino, 
audio, video apparatlar va boshqalar tayyorlanadi. Eng muhim bos- 
qich etnolog o ‘rganilayotgan aholi bilan bevosita muloqot uchun 
qisqa yoki uzoq inuddatli ekspeditsiyalarga chiqishidir.
Dala tadqiqotlari aholi vakillarini kuzatish, ulaming qan­
day ishlashi, dam olishi yoki faoliyatning yana qandgy/ ta la r i 
bilan shug‘ullanishini biror joyda (statsionar) y^J^^o^naiTShti


ekspeditsiyalarda o‘rganadi. Klassik statsionar kuzatuvlar qatorida 
N.N.Mikluxo-Maklayning Yangi Gvineya papuaslari orasidagi, ingliz 
antropologi B.K.Malinovskiyning Okeaniyadagi Trobrian orollarida- 
gi, E.Evans-Prichardning Markaziy Afrikadagi va h.k. tadqiqotlarni 
k o ‘rsatish mumkin.
Etnologning aholini uzoq payt kuzatishi, ushbu xalqning tilini 
bilishi, uning madaniyatini chuqur va keng o'rganishga imkoniyat 
yaratgan. Tadqiq qilinayotgan aholini kengroq qamrab olish uchun 
so‘rovnoma yoki anketa o ‘tkazish (bir necha o ‘ntadan bir necha 
mingtagacha) usuli qoilaniladi. Olingan m a’lumotlar keyinchalik 
kompyuterlarda statistik ishlov orqali umumlashtiriladi.
Etnologlar tadqiqotning kartografik usulidan ham foydalanadi­
lar. Kartografiyada moddiy va m a’naviy madaniyatlar (uy-joylari 
turlari, mehnat qurollari, urf-odat va marosimlar), til, din va boshqa 
jihatlari xaritaga tushiriladi. Bunday xaritalar tahlili, ularni boshqa 
ma’lumotlar bilan qiyoslash, boshqa usul bilan aniqlash mumkin 
b o im ag an etnoslar tarixining talay qonuniyatlarini aniqlashga yor­
dam beradi.
Turli xalqlar vakillari suhbatlarini yozib olish (intervyu) ham kat­
ta ilmiy ahamiyatga ega. Bu axborotchilar turli kasb egalari, odatda, 
keksa yoshdagi kishilar b o ig a n . Etnologiyada etnik ongni o ‘rganish 
uchun turli testlar ham qoilaniladi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə