Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 «Tonggi shafaq dengizchilari»



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/212
tarix03.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#121262
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   212
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

3.2. «Tonggi shafaq dengizchilari»
Polineziyada sohillar bo‘ylab suzish uchun qoilaniladigan ba- 
lansirli qayiqlar va sollardan tashqari uch machtali to ‘g ‘ri va bugri 
o ‘matiladigan (paxi) yelkanli yirik kemalar qurilgan, ularning uzun- 
ligi 40 m gacha, eniga 10 m bo‘lib, unga 300 ga yaqin kishi siqqan. 
Kemalar soatiga 20 km tezlikda harakat qilib, bu yelkanli kemalar 
uchun yaxshi ko‘rsatkich bo ‘lgan.
Ushbu turdagi kem a 50-60 kishi, zarur oziq-ovqat va ichimlik 
suvi olib uzoq sayohatlarga chiqqan. Xususan, Taitidan Gavayiga qa­
dar 4 ming km masofani 21 kunda bosib o ‘tgan.
Dengiz kemalarida darg‘achilik Polineziyada eng e ’zozli hisob- 
lanib, eng yuqori kastaga mansub oilalarda avloddan avlodga o'tgan. 
Unda kema darg‘alari osmon yoritgichlari bo‘yicha dengizda yo ‘1 
topa olishdan tashqari, shamollarni farqlay bilganlar. Xususan, Toke­
lau orolida har bir dengizchi o ‘ttiz ikki shamolni bilib, ularning har 
birining o ‘z nomi, o ‘z xususiyati bo ‘lgan.
Polineziya 
navigatorlari 
suzish yo ‘nalishini 
ko‘rinishidan 
arzimagan belgilar: suvning harorati, sho‘rligi, rangiga, qushlaming
38


uchish yo ‘nalishiga, bulutlaming ko'rinishiga qarab belgilashgan. 
Polineziyaliklaming navigatsiyaga oid bilimlari yevropaliklami lol 
qoldirgan. Tupia ismli polineziyalik zodagon 1777-yili J. Kukga Po- 
lineziyaning ko ‘plab arxipelaglari haqida axborot bergan, ularni xari- 
taga tushirgan ingliz kapitani keyinchalik keksa oqsoqol m a’lumotlari 
aniq ekanligiga ishonch hosil qiladi.
3.3. Polineziyaliklar vatanini izlab
Til va madaniyat borasidagi polineziyaliklar yaqinligini turli arxi- 
pelaglar orasida doimiy aloqalarni ta ’minlagan dengizchilik san’ati 
yuksakligi bilan izohlash mumkin. Ularning madaniyatidagi, ijtimoiy 
tashkilotlaridagi va jism oniy tiplaridagi tafovutlar alohida tadqiqot- 
larga ehtiyoj tug‘diradi. Ushbu muammoni o ‘rganish XVI asrda yev­
ropaliklar kelganidan keyin boshlangan. Polineziyaliklaming kelib 
chiqishi borasida avtoxton (mahalliy), osiyoliklar va Amerikadan 
kelganlar kabi nazariyalar o ‘z tarafdorlariga ega. Dastlabki nazari- 
ya vakillari L Forster, J. Dyumon-Dyurvil, M. Braun, L. Jakolio va 
boshqalar bo ‘lgan.
Osiyo polineziyaliklar vatani bo‘lganligi g ‘oyasi V.Gumboldt, 
A.Shamisso va boshqalar til, madaniy o‘simliklar hamda hayvonlar- 
ning birligi, g‘arbiy shamollar hukmronligi va h.k.larga asoslangan.
Polineziyaliklar vatani Janubiy Amerika g ‘oyasining eng taniqli 
vakili Tur Xeyerdal 1947-yili balsa daraxtidan yasalgan solida Pe- 
rudan Tuamotu orollariga qadar masofani suzib o ‘tgan. Olimning 
«Amerikalik hindular Tinch okeanda» asarida batat (kumar), qamish- 
dan qayiq yasash va h.k. birligiga asoslangan.
So‘nggi o ‘n yilliklar davomida etnologiya fani katta hajmdagi 
arxeologik, lingvistik va antropologik m a’lum otlarga asoslanib po- 
lineziyaliklarning kelib chiqishi muammosini yechdi. Uning asosini 
Osiyo nazariyasi tashkil etsa-da, qolgan g ‘oyalar ham inkor etil- 
masdan, polineziyaliklar madaniyati mazkur hududda yaratilgani, 
ular ulkan m asofalardagi orollarni o ‘zlashtirishlari davom ida Janu-
39


biy Amerikagacha suzib borib, ayrim hindu madaniyati elementla- 
rini o ‘zlashtirganlari ta ’kidlanmoqda. Xususan, m ongoloidlik bel- 
gilariga ega aholi guruhlari Polineziyaga bundan 5 ming yil avval 
Janubiy-Sharqiy Osiyodan kirib kelganlar. Mil. avv. II m ingyillik 
o‘rtalaridan Tonga va Samoa orollaridagi aholining yangidan mig- 
ratsiyasi to'lqini hozirgi aholi guruhlariga asos boTgani tasdiqlan- 
di. Eng muhimi, Polineziya m adaniyati Polineziyada shakllangani, 
uning Osiyodan ham, Am erikadan ham tayyor holatda keltiril- 
maganidir.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə