Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/212
tarix03.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#121262
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   212
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Shahar madaniyati. 
Afrikada qator qadimgi, o ‘rta asrlar madani­
yat markazlari - shahar sivilizatsiyalari shakllangan. Shimolda bar- 
chaga tanish Karfagen, Memfis, Aleksandriya, zamonaviy Sudan 
hududida - Meroe, Napata, Efiopiyada - Adulis va Aksum shaharlari 
bo ‘lgan. 0 ‘rta asrlarda Fes, Marokash, Qohira, Kastruvan, Shimoliy- 
Sharqiy Afrikada Sennir, Shendi (Sudan), Maris, Farae, Gander, An- 
kobor (Efiopiya), Mogadiko va Brava (Somalida) b o ‘lgan. Shaharlar
55


qadimdan etnik aralashuv o ‘choqlari hisoblangan. Ularda arablar, 
barbarlar, yahudiylar, turiylar, armanlar yashab assimilatsiyalashgan.
Shimoliy Afrika aholisi XIX asrdan Yevropa sivilizatsiyasi 
ta ’siriga uchray boshladi. Yevropaliklar aksari shaharlarda yashagan­
lar. Ammo Jazoirda 1 mln. fransuzlar b o iib , ulardan talay qismi plan- 
tatsiya xo ‘jaligi yuritgan. Yevropa madaniyati m e’morchilik, kiyim- 
bosh, xulq-atvorga ham o ‘z ta ’sirini o ‘tkazgan. Musulmon oliy o ‘quv 
yurtlarida texnika, tibbiyot, agronomiya fakultetlari tashkil etilgan. 
Qohiradagi Al-Azhar universitetida ilk xotin-qizlar fakulteti ochilgan.
Hozirgi kunda hududda ko‘plab zamonaviy yirik shaharlar m av­
jud. Jazoirda 3,5 mln, Kasablanka (Marokash) va Tunisda 2 mln. ki­
shi yashaydi. Shimoliy Afrikaning eng yirik shahri Qohirada 12 mln. 
aholi istiqomat qiladi. M isrda qishloq aholisining shaharlarga intilishi 
tufayli 51 % aholi shaharlarda yashamoqda.
Bugungi shaharlar - zamonaviy sanoat, ilm-fan, boshqaruv
madaniyat markazlaridir. Shaharlaming yevropacha qismi XX asr- 
ning boshlaridan qurila boshlangan. Ayni paytda har bir shahaming 
eski shahar qismida, bozor, masjid va jam oat binolari saqlanmoqda.
Savdogarlar, amaldorlar, musulmon ulamolari keng oq jundan 
kiyimlar, hunarmandlar keng ishton, kalta kurtka kiyishadi. Ular 
ochiq naqshli teridan babushi - poyabzal kiyganlar. Shahar ayollari 
yengil sharovar (lozim), keng ko ‘ylak, oq, och qizil, nim yashil ma- 
tolardan yuzlarini yumshoq yopinchiq bilan bekitadilar. Ziyolilar ora­
sida yevropacha kiyimlar keng tarqalgan. Islom ulamolari an’anaviy 
qora rangdagi paranji kiyimlami yoqtirishadi.
Shahaming oddiy aholisi yashaydigan qismida uylari loydan qu­
rilgan, ko‘cha tomonga deraza butunlay qo‘yilmagan yoki tom tagida 
kichik derazachalari bilan xususiyatlanadi. K o‘chalari ilonizi shak- 
lida va tor. Devorlarda pastqam eshiklar, ularga osib qo‘yilgan mis 
bolg‘achalari bilan b a’zida o‘ymakor yog‘ochdan eshiklar, bolg‘a 
temirchilik san’ati namunasi tarzida namoyon b o iad i.
Shaharlaming yangi qismida sanoat yoki bandargoh zonalari
m a’muriy markazlar, mavzelar ajralib turadi. Shaharlar aholisi et-
56


nik rang-barang, tub aholidan tashqari yevropaliklar, yahudiylar, ar- 
manlar, yunonlar jam oalari deyarli har bir shaharda mavjud. Ularda 
an'auaviy hayot tarzi o ‘zgarib tobora yevropacha tus olib bormoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə