Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Dinlari va xalq madaniyati



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/212
tarix03.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#121262
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   212
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Dinlari va xalq madaniyati. 
Shimoliy Afrika - qadimgi madani- 
yat hududi. Minglab yillik tarixda aholi ko‘plab madaniyatlar ta’siriga 
uchragan.
Islom dinida tirik jonzotlarning tasvirini tushirish tavsiya etil- 
magani sababli Shimoliy Afrikada rassomchilik va haykaltarosh- 
lik yuksak rivojlanmagan. Norasmiy taqiqqa qaramasdan XX asrda 
san’atning bu sohalari ham rivojlanib misrlik M ahmud Muxtoming 
«Misming tiklanishi» haykallar majmuyida sfinks va uning yonida 
yuzi ochiq qizni tasvirlagan.
Xalq madaniyati yorqin rangli gilamlarda, misdan o ‘ymakor 
naqshli ko ‘zalarda, yoritgichlarda o ‘z aksini topgan. Arab Afrikasi 
musiqa va qo‘shiqchilik san’ati ham o ‘zining uzoq tarixiga ega. Xalq 
orkestrlarida urib chaladigan, puflab chaladigan, torli -
noxunmi
m u­
siqa asboblari yaratilgan. Shimoliy Afrika eng qadimgi yozuvlardan 
biri - M isr iyerogliflari vatani hamdir.
Diniy tasavvurlar ham qadimgi ildizlarga ega. Xususan, misr- 
liklar hozirga qadar Isidaga bag‘ishlab 
«Ko'z yoshi tuni»
bayra­
mini o ‘tkazadilar. Xalig bayrami - N il suvi eng yuqori darajaga 
ko‘tarilganida unga kelinchak tanlash marosimi ham saqlangan. 
Hududning barcha xalqlarida daraxtlar, tog‘lar ruhlariga, afsungarlik- 
ka ishonch mavjud. Jumladan, xurmo daraxtiga alohida afsungarlik 
kuchi ato etishadi. Ayrim mamlakatlarda bu e ’tiqodlar islom hamda 
xristianlik bilan birgalikda yashab kelayotgan bo ‘lsa, Jazoiming janu- 
bida, M avritaniya va Sudanda ular asosiy dinlar hisoblanadi.
Misrda aholining 
6%
ilk xristianlar avlodlari - koptlardir. Ushbu 
diniy mazhab monofizitlik, y a’ni Isoni iloh sifatidagina tan olishga 
asoslangan. Koptlar diniga yaqin xristianlik Efiopiya aholisi orasida 
ham tarqalgan. Ulardan tashqari, Habashistonda falashlar yahudiy- 
lik diniga e’tiqod qiladilar. Ularning katta qismi Isroil mustaqillikka 
erishgach unga ко‘chib o‘tganlar.
57


Shunga qaramasdan, Shimoliy Afrikada hukmron din islomdir. 
Mavritaniyada 100%, ko‘pchilik mamlakatlarda 90 % dan ko'proq, 
Sudanda 70% aholi musulmon diniga e ’tiqod qiladi. Islomning sun- 
niylik mazhabi asosiy e ’tiqod yo‘nalishidir.
Afsuski, XXI asming boshlarida qator arab davlatlaridagi inqilob- 
lar faqat ijobiy emas, salbiy oqibatlarga ham olib keldi. Jazoirdagi 
islom fundamentalizmi, Liviyadagi ISHID harakatlari bunga yorqin 
misol bo ‘la oladi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə