Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/212
tarix03.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#121262
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   212
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Bugungi xalq madaniyati. 
Afrika xalqlari an’anaviy madani- 
yatida ikki o‘zaro qarama-qarshi jarayon bormoqda. Avvalo, xalq 
madaniyati o‘zining etnik xususiyatlarini yo‘qotib bormoqda. 
Madaniyatning ko‘pgina turlari kiyimlar, uy-joylar, taomlar yevropa- 
cha, 
aniqrog‘1, baynalmilal tus olmoqda. Ayrim holatlardayevropacha 
kiyimlar an’anaviy deb qabul qilinmoqda. Jumladan gererolar ayollar 
kiyimlari (Namibiya) - bu yevropaliklaming XVII asrdagi kiyimlar­
ining 
aniq nusxasi, Kongo Demokratik Respublikasida uzun ayollar 
ko‘ylagi va erkaklaming yengil yarim harbiy namunadagi kastumi 
«Xalq libosi» deb e’lon qilingan. Aksari mahalliy va yevropa libo- 
slarining aralash ko‘rinishi kiyiladi. Xususan, Somalida erkaklarda 
yevropacha ko‘ylak va yubka, Zanzibarda uzun ko‘ylak va pidjak, 
Ganada yevropacha kastum va yengil yopinchiq - kente kiyilmo- 
qda. 
Ayni paytda qit’adagi turli xalqlar madaniyatlari o‘zaro ta’siri 
ham 
davom etmoqda. Afrika mamlakatlarida modelyerlar mahalliy 
an’analami e’tiborga olib ishlamoqdalar. Etnik o‘ziga xosliklar taom- 
larda, 
taqiqlarda (tabu), hayot bilan bog‘liq marosimlarda uzoq saqla- 
nadi. 
Lekin udum-marosimlar ham o‘zgaradi. Ulaming ayrimlari un- 
Utilsa, 
boshqalari diniy xususiyatini yo‘qotadi. Ba’zida qo‘shni xalq­
lar 
udumlari qabul qilinadi. Konakri shahrida (Gvineyaning poytaxti)
75


asosiy aholi - baga, muomala tili - susu, moddiy madaniy atlarida 
fulbe va malinke xalqlari an’analariga taqlid qilishadi. Odat, huquq, 
q овил lari shakllari o‘zgarib bormoqda. Ona urug‘i ota urug‘iga o'rin 
bo‘shatmoqda, oddiy huquq kodekslari yozilib borilmoqda. Bu odat 
huquqlari, ularga m a’lum o‘zgarishlar kiritilganidan so‘ng davlat 
fuqarolik va jinoiy qonunlari singari albatta bajarilishi majburiy etib 
qo‘yilgan. Afrika etnoslari bugungi kunda xalq va millatlaming shakl­
lanishi turli bosqichlarida turibdilar. Etnik ong ko"p pog‘onalidir. Et- 
nik jihatdan rang-barang G‘arbiy Afrika mamlakatlarida esa m aium
muammolar vujudga kelmoqda. Jarayonlar yevropalik aholisi ko‘p 
Janubiy Afrikada, ayniqsa, muammoli kechmoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə