Tushuntirish xati


III.Mashg’ulotni yakunlash



Yüklə 207,87 Kb.
səhifə8/47
tarix28.11.2023
ölçüsü207,87 Kb.
#138368
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta-hozir.org (1)

III.Mashg’ulotni yakunlash
Xar bir inson xayotida bir necha bor stress va uning oqibatlarini boshidan kechirgan. Asosan hozirgi davrda vaqtning etishmasligi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanishi oqibatida yuzaga keladigan kambag`allik hamda bir vaqtning o`zida inson odob-ahloqi pasayishi oqibatida insoniyat stressga duch kelmoqda.
Stress o`zi nima?
Inson stress holatida bergan javobi o`zi uchun salbiy ta`sir qiluvchi omildir. Inson uchun salbiy ta`sir qiluvchi omillar organizmda charchoqlik, qo`rquv, beparvolik, kamsitilish, og`riq va boshqa shunga o`xshash oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Organizmning stressdan ta`sirlanishi quyidagi bir nechta davrlarga bo`linadi:
1. Havotirlik davri, bu davrda organizmning himoya kuchi ishga solinadi. Organizm, chin (yoki hayoliy) ro`y bergan xavf-xatar bilan kurashishga harakat qiladi va buning uchun haddan tashqari ko`p kuch sarflaydi. Shunday bo`lsada, u bu bosqichda barcha zaxiralarni ishga solgan holda kurasha oladi. Organizmning fiziologik safarbarligi quyidagilarda namoyon bo`ladi: qon quyuqlashadi, jigar yoki taloq kattalashadi, elementlarning tarkibida fiziologik o`zgarishlar sodir bo`ladi. Birinchi davrning oxiriga qadar ko`pchilik odamlarda ish qobiliyatining oshishi kuzatiladi.
2. Bu davr maksimal moslashish yoki stabillash davri deb nomlanadi. Bu bosqichda, organizm, muvozanatdan chiqarilgan organizm zaxiralarini balanslashga va ularni yangi darajada mustahkam qolishiga harakat qiladi. Ushbu darajada qolgan holda, organizm tashqi faktorlarga deyarli tabiiy ta`sirlanadi. Agarda stress uzoq vaqtga cho`zilsa, uchinchi davr yuzaga keladi.
3. Tamoman ishdan chiqish davri. Modomiki, organizmning barcha zaxira kuchlari ayni vaqtgacha batamom foydalanib bo`lingan va endilikda, hattoki tabiiy ish qobiliyatini davom ettira olmaydi. Tanazzul, kuchsizlanish, tamoman ishdan chiqish yuzaga keladi.
Topshiriq: Mavzu yuzasidan fikr almashish


Sana:_________________________

Yüklə 207,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə