Tuxum va tvarogdan taomlar tayyorlash texnalogiyasi Mundarija


Sut sardagida yopilgan tuxum



Yüklə 242,63 Kb.
səhifə12/17
tarix30.12.2023
ölçüsü242,63 Kb.
#167254
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Tuxum va tvorogdan t

Sut sardagida yopilgan tuxum. Oq bulka non kesib qovuriladi. Buning uchun non qobig‘idan tozalanib, tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklida kesilib, о‘rtasi bir oz kesib tashlanib chuqurroq holga keltiriladi va sariyog‘da ikki yoqlama qovuriladi. Tuxum «xaltacha» usulida pishirilib, pо‘chog‘i tozalanadi. Yog‘langan porsiyali tovaga qovurilgan non qо‘yib, ustidan tuxum, uning us­tidan о‘rta quyuqlikdagi sut sardagi quyiladi, ustiga qirilgan pishloq sepilib, yog‘ purkaladi, qovurish shkafida sarg‘ish qobiq hosil bо‘lguncha yopib iste’molge tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda porsiyali tovada ustidan sariyog‘ quyib beriladi.
Tuxum 2 dona, bug‘doy noni 20 gr, sariyog‘ 10 gr, sardak 100 gr, pishloq 6,5 gr. Sof og‘irligi 175 gr.

II. bob “ Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodidan foydalanish ”


2.1. Klaster metodi haqida ma’lumot

“Klaster” – inglizcha sо‘z bо‘lib, g‘uncha, bog‘lam ma’nosini anglatadi. Axborotlar klasterlarga ajratish interfaol pedagogik strategiya bо‘lib, u kо‘p variantli fikrlashni, rag‘batlantirish uchun qо‘llash mumkin. Asosan, u yangi fikrlarni uyg‘otish va muayyan mavzu bо‘yicha ancha fikr yuritishga chorlaydi. Klaster tuzish ketma – ketligi quyidagicha:



    • sinf yozuv taxtasi о‘rtasiga katta qog‘oz varag‘iga asosiy sо‘z yoki gapni yozing;

    • sizni fikringizcha bu mavzuga tegishli bо‘lgan sо‘zlar yoki gaplarni yozing (“aqliy hujum”) о‘tkazing;

    • tushuncha va g‘oyalar tо‘g‘risidagi о‘aro bog‘lanishni о‘rgating.

    • Eslagan variantlaringizning hammasini yozing.



КЛАСТЕР









Klasterni tuzish qoidasi


1. Aqlingizga kelgan barchani yozing. G‘oya sifatini muhokama qilmang: ularni oddiy holda yozing.
2. Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozuvni tо‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan tо‘xtasa, u holda qog‘ozga rasm chizing, qachonki yangi g‘oyalar paydo bо‘lmaguncha.
4. Kо‘proq aloqa bо‘lishligiga harakat qiling. G‘oyalar soni, ular oqimi va ular о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlikka chegaralanmang.
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bо‘lib, u о‘quvchilarni biron bir mavzunni chuqur о‘rganishlariga yordam berib, о‘quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga о‘rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur о‘rganishdan avval о‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jaddalashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, о‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi о‘zlashtirish, umumlashtirish hamda о‘quvchilarni shu mavzu bо‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga
undaydi.






Yüklə 242,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə