Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning


Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi dars Dars metodi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə23/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi dars
Dars metodi: Tahlil – tarkib metodi , tushuntirish , suhbat , ko’rsatish , didaktik o‘yin , tarmoqlash metodi .
Dars jihozi:Doska , mavzuga oid rasmlar , texnik vositalar .

Darsning borishi.

T/R

Bo‘limlar

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O‘quvchilarni rag‘batlantirish

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa




Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni darsga tayyorlash .
Navbatchi axborotini tinglash .
O‘quvchilardan yozuv darsining vazifalarini so’rash .
O‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish , yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini eslatish .
II.O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
O‘quvchilarga “O” va “n” harflaridan boshlanadigan so‘zlar toptirish . Masalan : ona , ota , non , nok , ninachi . “O” va “n” harfini doskada o’quvchilarga yozdirish .
O‘quvchilar vazifasi qatorlararo aylanib ko‘rib chiqiladi va daftarlar almashtiriladi .
Didaktik o‘yin o‘tkazish . “ savatchani to‘ldir” o‘yini ni o‘tkazish . Katta savatchada turli meva va savzavotlar bo‘ladi . O‘quvchilar chiqib qo‘llariga berilgan savatchaga nomi”o” va “n” harfi bilan boshlanadiganlarini savatchalarga solishlari lozim .
O‘quvchilarga rasmlar ko‘rsatiladi , rasmlarning bosh harfi so‘raladi . Bosh harflardan so‘z tuzish kerakligi aytiladi .Rasmlarning bosh harfidan hosil bo‘lgan so‘z o‘qiladi .”O N A” So’zini o’quvchilar topadilar . O‘quvchilarga onalarni hurmat qilish , e’zozlash haqida tushunchalar beriladi .(Bunda harf kassadan foyda-laniladi , so‘zlar tuzdiriladi.)
-So’zning oxirida qaysi tovush eshitilyapti? ( “a” tovushi)
- Demak biz siz bilan bugun kichik “a” harfini yozishni o‘rganamiz.
III . Yangi mavzu bayoni:
O‘quvchilarga ayiq rasmi ko‘rsatiladi va bu rasm asosida gap tuziladi . Necha bo‘g‘in va nechta tovush borligi aniqlanadi . “A” tovushi bilan boshlanadigan so‘z-lardan so‘rash .Kichik “a” harfining yozilishini tushuntirish bilan yangi mavzu bayo-ni boshlanadi.
Multimediyali ilova bilan mavzu tushuntiririladi . Undan keyin kichik “a” harfi o‘qi-tuvchi tomonidan doskaga yozib ko‘rsatiladi . Bosma “a” harfi va yozma “a” harfi qi-yoslanib , o‘xshash va farqli tomonlari tushuntiriladi .
Kichik “a” harfini havoda yozish mashqi bajartiriladi . O’quvchilar daftarlaridagi namunaga qarab yoza boshlaydilar.

“Aa” harfiga “n” harfini qo‘shib bo‘g‘in hosil qilish , yozma shakli ko‘rsatiladi . “an , na , ona , ana” so‘zlari yoziladi va shu so‘zlar o‘qiladi . O‘quvchilarga dos-kada “a” harfini yozib ko‘rsatiladi . Ko‘rsatilgandan so‘ng havoda yozish mashqi ko‘rsatiladi .
Shu o‘rinda to‘g‘ri o‘tirish qoidasi , ruchkani uch barmoq orasida ushlash , ruch-ka bilan barmoq oralig‘ini eslatib o‘tish .

Darslikdan bo‘g‘inlarga bo‘lib ko‘rsatilgan rasm nomlarini ayting .Bu so‘zlar necha bo‘g‘in ekanligi tushuntiriladi .



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə