U. G‘afUrov, Q. SharIpov


Erkin raqobatning xususiyatli belgilari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

Erkin raqobatning xususiyatli belgilari:
– alohida korxona yoki tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mah-
sulotni tarmoq umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushining katta emas
-
ligi; 
– ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulot narxi ustidan nazorat o‘rnata 
olmasligi;
– tarmoqqa kirish va undan chiqishning erkinligi. 
Masalan, siz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tadbirkorligi bi
-
lan shug‘ullansangiz, u holda erkin raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatishga 
to‘g‘ri keladi.
Sof monopoliya
– bu tarmoqda yagona ishlab chiqaruvchi mavjud 
bo‘lib, u yakkahukmronlik mavqeyiga ega bo‘lgan bozor holatidir.
Sof monopoliyaning xususiyatli belgilari:
– tarmoqdagi barcha mahsulotning yagona korxona tomonidan ishlab 
chiqarilishi; 
– ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulot narxi ustidan to‘liq nazorat 
o‘rnatishi;
– tarmoqqa kirish va undan chiqishning o‘ta qiyinligi. 
Monopolistik raqobat
– bu bir vaqtning o‘zida ham raqobat, ham 
monopoliya xususiyatlariga ega bo‘lgan raqobatdir.
Monopolistik raqobatning xususiyatli belgilari:
– tarmoqdagi bir turdagi mahsulotlarning bir necha o‘nlab korxonalar 
tomonidan ishlab chiqarilishi
– o‘z mahsulotini boshqa shu turdagi mahsulotlarga nisbatan o‘ziga 
xos xususiyatiga ko‘ra tabaqalashtirilishi;
– ishlab chiqaruvchining o‘z mahsuloti narxi ustidan qisman nazorat 
o‘rnata olishi;
– tarmoqqa kirish va undan chiqishning ma’lum darajada qiyinligi. 


139
oligopoliya 
– tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning 
mavjud bo‘lishi va hukmronlik qilishi sharoitidagi raqobat.
oligopoliyaning xususiyatli belgilari:
– tarmoqdagi bir turdagi mahsulotlarning bir necha yirik korxonalar 
tomonidan ishlab chiqarilishi; 
– ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulot narxi ustidan sezilarli nazorat 
o‘rnatishi;
– tarmoqqa kirish va undan chiqishning qiyinligi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə