U. G‘afUrov, Q. SharIpov


O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

.
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-
sonli «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
1
2
3
4
5
6


21
O‘z faoliyatingizni oilaviy tadbirkorlik shaklida tashkil etish siz uchun 
maqbul tan lov hisoblanadi. Chunki, oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish 
orqali o‘zingiz yashab turgan hududda faoliyat yuritishingiz hamda ishlab 
chiqarilgan mahsulotni shu joyning o‘zida sotishingiz mumkin. Bunda siz 
o‘z turarjoyingizni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga aylantirishingiz 
shart emas. Shuningdek, siz tadbirkorlik faoliyatini o‘z uyingizda tashkil 
etsangiz, elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va 
issiqlik ta’minoti kabi kommunal xizmatlar haqini aholi uchun belgilangan 
tariflarda to‘lashingiz mumkin. Bu esa, boshqa shakldagi korxonalarga 
nisbatan yengillik va katta imtiyoz demakdir.
BU QIZIQ...
Jahonning ko‘plab ko‘zga ko‘ringan yirik kompaniyalarining faoliyati 
oilaviy biznesga asoslangan. Masalan, «Walmart
»
(AQSH), «Samsung 
Group
»
(Janubiy Koreya) va «Tata Group» (Hindiston) kabi yirik 
kompaniyalar shular jumlasidandir.
BILaSIZMI?
Oilaviy korxona faoliyatini amalga oshirish shartlari nimalardan 
iborat?
Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatno
-
ma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqa
-
rishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali 
qazilmalar qazib olishni, shuningdek, yuridik shaxslar uchun qat’iy 
belgilangan soliq yoki yagona yer solig‘i to‘lash nazarda tutilgan fao
-
liyatni amalga oshirishi mumkin emas.
Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va material
-
lardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit 
uchun katta xavf tug‘diradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanish
-
ga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy korxona foydalanishi mumkin bo‘lmagan 
moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning ro‘yxati O‘zbekiston Res
-
publikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 269-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan.


22
Shuningdek, oilaviy korxona tomonidan sanoat tusidagi faoliyatni 
ko‘p kvartirali uyning turarjoylarida amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə