U. G‘afUrov, Q. SharIpov


oILavIY KorXoNaNING XUSUSIYaTLarI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

oILavIY KorXoNaNING XUSUSIYaTLarI
oilaviy korxona
– yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshi
-
riladigan oilaviy tadbirkorlik shakli. Oilaviy korxona ishtirokchilarining 
soni ikki kishidan kam bo‘lmay, ular korxona faoliyatini yuritishda 
shaxsiy mehnatlari bilan qatnashishlari shart. Oila boshlig‘i, uning tur
-
mush o‘rtog‘i, bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga layoqatli yoshga 
to‘lgan boshqa qarindoshlari oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lishi mum
-
kin. Bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy 
korxonaning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emas.
Oilaviy korxona ishtirokchilari va uning yollanma xodimlarining 
umumiy soni ki chik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining qonun huj
-
jatlarida belgilangan o‘rtacha yillik sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin 
emas.
Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chi
-
qarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni 
amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchi
-
larining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, 
shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki 
negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy kor
-
xona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. 
Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakl
-
laridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli 
«Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni, 4-modda


24
Oilaviy korxonaning ta’sis hujjati bo‘lib ta’sis shartnomasi hisoblanadi. 
Oilaviy korxona ustav fondining minimal miqdori eng kam ish ha qining 
o‘n barobaridan kam bo‘lishi mumkin emas. 
Oilaviy korxona yagona soliq to‘lovchisi bo‘lib hisoblanadi. Soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin oilaviy korxona ishti
-
rokchilari ixtiyorida qoladigan foyda summasiga soliq solinmaydi.
Qonunchilikka asosan oilaviy korxona shug‘ullanishi mumkin bo‘lma-
gan faoliyat turlari ham mavjud. Masalan, u aksiz solig‘i solinadigan 
mahsulotlarni ishlab chiqarish, yerosti foydali qazilmalarini qazib olish 
kabi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə