U. G‘afUrov, Q. SharIpov


O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi 662-II-sonli



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi 662-II-sonli 
yangi tahrirdagi «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
aGrofIrMaLar
Agar siz nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, balki ularni 
qayta ishlash orqali ham o‘z tadbirkorlik daromadingizni oshirishni ista
-
sangiz, u holda agrofi
rm
a faoliyatini yo‘lga qo‘yishingiz mumkin.
Agrofirma
– fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar tomo
-
nidan yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda 
sotish bilan shug‘ullanuvchi korxona.
Agrofirma yuridik shaxs ko‘rinishida tashkil etiladi. Qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yetishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash, ularni ichki 
va tashqi bozorlarda sotish agrofirmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi.
BU QIZIQ...
Dunyoda issiqxonalarning ko‘pligi bo‘yicha birinchi o‘rinda Gol
-
landiya turadi. Ayni paytda, gollandiyaliklar o‘z issiqxonalarini plastik 
bilan emas, balki oyna bilan qoplaydilar. Gollandiyadagi issiqxonalar
-
ning umumiy maydoni 10 500 gektarni tashkil etadi.
BILaSIZMI?
Kichik biznesni har qanday sharoitda ham tashkil etish mumkin. 
Bunga yaqqol misol tariqasida bodring yetishtirish uchun issiqxonani 
balkonda yoki, hatto, deraza tokchasida ham tashkil etsa bo‘lishini aytish 


47
mumkin. Bodring – bu foydali va kam e’tibor talab qiluvchi o‘simlik. 
To‘g‘ri tanlangan navi, hattoki 1 kvadrat metr joyda ham yaxshi hosil 
berishi mumkin. Siz kam kuch va mablag‘ sarflagan holda yilning har 
qanday vaqtida sotish uchun bodring yetishtirishingiz mumkin. Sotishni 
yo‘lga qo‘yib olgan holda, siz barqaror daromad keltiruvchi, xarajatlari 
tez qoplanuvchi biznesga ega bo‘lishingiz mumkin.
BILIMINGIZNI SINaB Ko‘rING!
1. Qishloq joylardagi tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari nimalar bilan 
belgilanadi?
2. Qishloq joylardagi tadbirkorlikning qanday shakllarini bilasiz? 
3. Shaxsiy yordamchi xo‘jalikning o‘ziga xos belgilari qanday?
4. Dehqon xo‘jaligi boshqa shakllardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
5. Yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘ ja li-
gining asosiy jihatlarini izohlab bering.
6. Fermer xo‘jaligining asosiy belgilarini tushuntirib bering.
7. Fermer xo‘jaligiga nisbatan «mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt» tu-
shunchasining ma’nosi qanday izohlanadi?
8. Agrofirmaning asosiy belgilari nimalardan iborat?

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə