U. G‘afUrov, Q. SharIpov


faoLLaShTIrUvChI SavoL va TopShIrIQLar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

faoLLaShTIrUvChI SavoL va TopShIrIQLar
1. O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rnini qanday 
baholash mumkin? Keyingi yillarda ushbu tarmoqda qanday o‘zgarishlar ro‘y 
bermoqda?
2. Mamlakatimiz aholisining qancha foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi? 
Qishloq va shahar o‘rtasida qanday tafovutlar mavjud?
3. Qishloq joylarida aholi daromadlarini oshirishning qanday imkoniyatlari 
mavjud?


44
ShaXSIY YorDaMChI Xo‘JaLIK
Mamlakatimiz aholisining katta qismi qishloq joylarda istiqomat qiladi. 
Qishloq joylarda, asosan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan 
shug‘ullaniladi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotimizda qishloq joylarida amalga 
oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati ahamiyatli o‘rin tutadi.
Shu bois siz qishloq joylarida eng avvalo, shaxsiy yordamchi 
xo‘jaliklaridagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishingiz mumkin.
Shaxsiy yordamchi xo‘jalik 
– qishloq joylarda yashovchi fuqa
-
rolarning o‘z tomorqasidagi shaxsiy mehnati orqali qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanishiga asoslangan oilaviy 
xo‘jalik.
Shaxsiy yordamchi xo‘jalik qishloq joylarda yashovchi fuqarolarga 
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun uy-joy qurishga 
berilgan yer maydonlarida tashkil etiladi. Uning uy-joy qurilmagan qismi 
tomorqa deb ataladi. Mazkur tomorqada oila a’zolarining shaxsiy mehnati 
asosida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish mumkin. 
Uning asosiy qismi oila ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Lekin, aksariyat hol
-
larda, bu mahsulotlar oila ehtiyojidan ortiqcha bo‘ladi. Ushbu ortiqcha 
mahsulotlarni dehqon bozorlarida sotish hamda qo‘shimcha daromad olish 
mumkin bo‘lib, bu o‘z mazmuniga ko‘ra tadbirkorlik hisoblanadi.
DEhQoN Xo‘JaLIGI
Agar 
siz shaxsiy yordamchi xo‘jalikdagi tadbirkorlik faoliyati bilan 
cheklanishni istamasangiz, u holda dehqon xo‘jaligi tashkil etishingiz 
mumkin. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə