U. G‘afUrov, Q. SharIpov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

Dehqon xo‘jaligi
– oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasi
-
da oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida qishloq xo‘jaligi mahsuloti 
yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan oilaviy mayda tovar xo‘jaligi.
Dehqon xo‘jaligi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish 
uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida tashkil etiladi. 
U oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida yuritiladi. Dehqon xo‘jaligi 
ikki ko‘rinishda tashkil etilishi mumkin: 


45
1) yuridik shaxsni tashkil etgan holda;
2) yuridik shaxsni tashkil etmagan holda.
Dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi hisoblanadi. Ya’ni, unda 
yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining ma’lum qismi shaxsiy is
-
te’molga qoldirilgan holda, qolgan qismi bozorda sotishga mo‘ljallangan 
bo‘ladi.
Dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolari-
ning shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik 
qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq 
xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi. 
Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi 
hamda deh qon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tash
-
kil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi 
mumkin. 
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda 
foydalanishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi 604-I-sonli 
«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonuni, 1-modda
fErMEr Xo‘JaLIGI
Qishloq joylaridagi yanada yirikroq tadbirkorlik shakli – bu fermer 
xo‘jaligidir.
fermer xo‘jaligi 
– ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan 
holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, 
mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt.
Fermer xo‘jaligiga qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi yerlar mahalliy ken
-
gashlar tomonidan meros qoldirish huquqi bilan 50 yilgacha muddatga 
ijaraga beriladi. Fermer xo‘jaligi ham mehnatga layoqatli yoshdagi oila 
a’zolaridan, ham yollanma ishchilardan foydalanishi mumkin. Fermer 
xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tovar shaklida, ya’ni, asosan, 


46
bozorda sotish uchun ishlab chiqaradi. U yuridik shaxs ko‘rinishida tashkil 
etilib, boshqa iqtisodiy subyektlar bilan mustaqil ravishda xo‘jalik muno
-
sabatiga kirisha oladi.
Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan 
holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, 
mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə