U rga nch davlat u n IV er siteti kimyo kafedrasi Qo‘lyozma huquqida


 Ipak fibroinning suvli eritmasi olish



Yüklə 275,29 Kb.
səhifə11/39
tarix25.12.2023
ölçüsü275,29 Kb.
#161310
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Microsoft Word ОбРожка Ð�Ñ‹Ñ⁄анов Ð¥. ÐœÐflП. doc-fayllar.org

1.6. Ipak fibroinning suvli eritmasi olish
Ipak fibroin tolalarini kalsiyli, litiyli tuzlari va chumoli kislota eritmalarida
eritish usullari o ‘rganilgan [14, 15, 16, 17, 22, 23, 24]. Fibroinning suvli
eritmalarini olishning usullari quyidagi misollarda berilgan.
130 mg yuvilgan ipak tarkibida 389 mg CaCl2, 388 mkl C2H 5OH va 544
mkl H2O o ‘z ichiga olgan 1 ml eritmaga solinadi. Aralash suvli hammom ichida 5
soat davomida isitiladi, bunda ipak butunlay eritiladi. Olingan eritma 12 100 g da 7
minut davomida sentrifugalanadi. Supernatant 500 ml bidistillangan suvga nisbatan
diyaliz qilindi, 5 marta 30 daqiqa davomida dializlash o ‘zgartiladi. Fibroin eritmasi
7 daqiqa davomida sentrifugalangan fibroin kontsentratsiyasi spektrofotometrik
usulda aniqlandi, to ‘lqin uzunliklari 280 nm bo‘lib, molyar ekstinksiv koeffitsienti
473480 M-1sm-1 qabul qilngan bo‘lib, aminokislota ketma-ketligida ipak fibrion
og‘ir zanjirning ekstinksiv koeffitsienti nazariy hisoblangan (raqamiga muvofiq
keluvchi qiymat, UniProt: P05790 m a’lumotlar bazasida).
Chumoli kislotada ipak fibroin eritmasini tayyorlash
Yuvilgan ipakning bir qismi bilan chumoli kislotada 20 mg/ml nisbatda 30
min davomida suv hammomida 40°C isitilganda eriydi. Olingan eritma 5 minut
davomida sentrifugalanadi.
Ipak tolalarini kalsiy-spirtli eritgichlarida qayta ishlash
Yuvilgan fibroin tolalari tarkibida CaCl2, metanol yoki etanol va suv (1:2:8
mol) dan iborat eritmasida va etanol yoki metanol bilan aralashtiriladigan
21


Ca(NO3)2*4H2O eritmasida (1:2 mol) alohida idishlarda 65°C da suvli hammomda


1 soat davomida qizdirib eritiladi. Ipak tolalari va eritma bilan nisbati 1:20 (m/v)
bo ’ladi. Ipak fibroinining suvli eritmasi oqayotgan suvga qarshi diyaliz orqali
olinadi. Keyinchalik, diyaliz qilingan probirka liyofiliz qilindi. Quruq ipak
kukunlari (CaCl2-etanol eritmasi bilan ishlangan fibroinlar) yoki uning qismlari
4°C darajada saqlanadi.
(А)
(В)
(C )
6-rasm. B. mori ipak fibroinining SEM fotosuratlari turli yechimlar bilan
tayyorlangan.
(A) ipak fibroini. (B)Ca(NO3)2 4H2O- metanol eritmasidan tayyorlangan ipak
fibroin.
(C) Ca (NO3)2- 4H2O--etanol eritmasidan tayyorlangan ipak fibroin.
(D) CaCl2-metanol -H2O-eritmasidan tayyorlangan ipak fibroin.
(E) CaCl2-etanol -H2O-eritmasidan tayyorlangan ipak fibroin.
Ipak tolasidan seritsin va boshqa moddalarni yuvib chiqarish uchun 0,03 M
li NaHCO3 eritmada 1 soat qaynatiladi va suv bilan yuviladi, keyin yaxshilab
quritiladi.
Tozalangan tola 60 oC da chumoli kislota, litiy xlorid eritmalarida eritiladi.
Tayyorlangan eritmaning 1ml hajmida 250 mg oqsil b o ’ladi.
22


Shveytsariya standarti ipak tolalari uchun qovushqoqlik aniqlash bo‘yicha


ko’rsatilganidek, taxminan 0,07 g ipak tola 9,3 M litiy bromid eritmasida eritiladi.
Eritma suv hammomida tolalar to‘liq erigungacha 3 soat davomida 60 °C da
saqlanadi. Sellyuloza membranasi trubkasida (molekulyar og‘irlik 12,8 kDa, Sigma) 3
kun davomida toza suvga qarshi diyaliz qilinadi. Diyaliz eritmadan LiBr ni chiqarish
uchun har 12 soatda almashtiriladi.
Pilla tolasini 0,02 M li Na2CO3 eritmasida 30 daqiqa 70oC temperatura bilan
ishlov berilganda seritsin erib, fibroin tolasi qoladi. Tola distillangan suv bilan
yuviladi. LiBr ning 9,3 M li eritmasiga fibroin tolalari solinib, 60oC harorat bilan 4
soat qizdiriladi. Jarayon oxirida fibroin eriydi va eritmani 48 soat dializ qilinadi.
Eritmani cho‘kindilalardan tozalash uchun 7 daqiqa sentrifugalanadi. Natijada
konsentrlangan (7,2%) fibroinning suvli eritmasi hosil bo‘ladi.
Pilla tolasidan m a’lum miqdor olib, 0,5% li Na2CO3 eritmasida 35 min
qaynatiladi. Fibroinni eritish uchun 80oC haroratda CaCl2 ning spirt-suvli
aralashmasidan (1:2:8 mol nisbatda) foydalaniladi. Natijada fibroin-CaCl2 li eritma
hosil bo‘ladi. 10 minunt sentrifugalab (5000 ayl/min) cho‘kma ajratib olinadi va
eritmani 72 soat davomida dializ qilinadi. Hosil bo‘lgan konsentrlangan fibroin
eritmasini spektrofotometrik analiz qilinganda 280 nm to ‘lqin uzunlikli sohada
maksimal yutilish kuzatiladi.

Yüklə 275,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə