Ubuntu bo’yicha foydali maslahatlar



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə1/10
tarix12.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#109976
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Laboratoriya ishi №1. Mavzu Tizimni o’rnatish va yangilash. Ish




LABORATORIYA ISHI №1.
Mavzu: Tizimni o’rnatish va yangilash.
Ishdan maqsad: Linux operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish, internetdan so’nggi holatgacha yangilashni o’rganish.


Reja:

  1. "Ubuntu 11.10"ni o'rnatish

  2. Ubuntu bo‟yicha foydali maslahatlar. 3.“Ubuntu” da dasturlarni o‟rnatish ususllari.

  1. Windows o„rnatilgandan so„ng “Ubuntu”ni tiklash

  2. 3g modemlarni "Ubuntu"da moslash.

  3. Ubuntuda nvidia 9500 gt video karta drayverini o'rnatish

  4. Canon i-SENSYS MF4010 printerini Ubuntu 10.04 da o‟rnatish

  5. Ubuntu uchun kerakli dasturlar (yangi foydalanuvchilar uchun)


  6. Windows disklarini Linuxga ulash(mount)

  7. Windows ustanovka qilgandan keyin qanday qilib GRUB2 ni tiklash mumkin?
    1. "Ubuntu 11.10"ni o'rnatish


2011-yilning oktabr oyida "Ubuntu 11.10"ning Oneiric Ocelot deb nomlangan versiyasi chiqdi. Nomini so'zma-so'z tarjima qilsa, "Orzudagi otselot" nomini bildiradi. "Canonical" kompaniyasi odatda mahsulotlarini go'zal hayvonlar nomi bilan atashadi. Shuning uchun ushbu versiya nomi "otselot" nomi bilan nomlandi. 11.10 versiyasida ham yangilanish va yaxshilanishlar mavjud. Agar siz


"Ubuntu 11.10"ni o'rnatishga qaror qilgan bo'lsangiz, quyida ko'rsatilgan bosqichlarni bosib o'tishga to'g'ri keladi. Shunday qilib o'rnatish jarayoniga o'tamiz:

  1. Eng birinchi oldimizda turgan muammolardan biri qattiq disk (vinchester)da bo'sh joy hosil qilish kerak. Agar Ubuntu linuxni hech qanday tizim o'rnatilmagan toza diskka o'rnatmoqchi bo'lsangiz bu jarayonni bosib o'tishning ahamiyati yo'q. "Ubuntu"da "gparted" dasturi orqali disk qismlariga ajratish mumkin, lekin kompyuteringizda "Windows" operatsion tizimi o'rnatilgan bo'lsa,unda "Windows"da ishlaydigan dasturlardan foydalangan ma'qul. Bo'sh joy hosil qilganingizdan so'ng, ushbu manzildan "Ubuntu obraz"laridan keraklisini tanlab, kompyuteringizga yuklab olasiz. Yozib olish jarayoni tugagandan so'ng, o'sha obrazni diskka yozishingiz yoki usb fleshga yuklanuvchi sifatida o'rnatishingiz kerak bo'ladi. Diskka yozishda "Nero" dasturidan foydalanishingiz mumkin. Agar usb flesh xotiraga yozmoqchi bo'lsangiz, Unetbootin dasturidan foydalanishni maslahat beraman. Agar dvd yoki flesh xotiraga yozib, "Ubuntu" o brazini yasagan bo'lsangiz, keyingi bosqichga o'tamiz

  2. Disk bo'lsa uni dvd-romga qo'yasiz, usb flesh xotira bo'lsa, kompyuterga ulaysiz. Avvalo, kompyuterning biosiga kirib, birinchi yuklanuvchi qurilmaga dvd- romni yoki USBdan yuklanishni tanlaysiz. Bu ishni F11 (turli xil kompyuterlarda turlicha) yoki boshqa tugmalar yordamida ham to'g'ridan-to'g'ri amalga oshirish mumkin. Tizimni dvd diskdan yoki USBdan yuklaymiz. Kompyuter monitorida birinchi paydo bo'ladigan tasvir, bizdan tilni tanlashni so'raydi. U yerdan rus yoki ingliz tili (xohlagan tiling'izni)ni tanlashingiz mumkin. Hozircha u yerda o'zbek tili mavjud bo'lmaganligi uchun buning imkoni yo'q, lekin keyingi versiyalarda, albatta, bo'ladi.


Keyin yana bir menyu paydo bo'ladi. Bu yerda Ubuntu linuxni turli xil usullarda yuklashni taklif qiluvchi beshta punkt paydo bo'ladi.

  1. punkt - Запуск Ubuntu без установки (Ubuntuni o'rnatmasdan ishga tushirish)

- bu punkt bizga "Ubuntu" tizimini o'rnatmasdan, sinab ko'rish imkonini beradi, albatta, ushbu yuklashdan so'ng uni qattiq diskka o'rnatishimiz mumkin.


  1. Yüklə 1,13 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə