Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

18-§.
 
Nutq faoliyati og‘zaki va yozma nutq. 
Til va nutq dialektik 
munosabati o‘zining dastlabki haqiqiy, mukammal ilmiy - nazariy 
yechimini tilshunoslik fanida keskin burilish yasagan buyuk tilshunos olim 
Ferdinand de Sossyur asarlarida topdi [R.Rasulov, 2017: 165]. 
Til va nutq dialektikasida til o‘ziga xos murakkab tuzilishga 
(strukturaga) ega bo‘lgan bir butun sistema sifatida faoliyat ko‘rsatadi [F.de 
Sossyur, 1932: 120]. A.Rahimov to‘g‘ri ta’kidlaganidek: “So‘zlovchi nutq 
jarayonida til kodlarining turli kombinatsiyasi asosida o‘z istaklarini ifoda 
etadi. Bunday kombinatsiyaning ob’ektiv voqelanishida esa ruhiy 
mexanizmlar muhim ahamiyat kasb etadi [A.Rahimov, 2015: 66]. 
Bu fikrlarga qo‘shilgan holda quyidagilarni bayon qilamiz. Til 
murakkab ideal sistema sifatida nutq faoliyatida tafakkur orqali 
moddiylashadi. Bayon qilmoqchi bo‘lgan fikrlarimizni nutqiy faoliyat 
orqaligina tinglovchiga etkazamiz. Nutqiy faoliyat, til, nutq va tafakkurni 
bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan hodisalar sifatida qarashimiz lozim.
Nutq o‘z navbatida ichki va tashqi, og‘zaki va yozma shakllarga 
bo‘linadi. Har qanday nutq ma’lum bir so‘zlovchi yoki yozuvchi 
tomonidan tinglovchi yoki o‘quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan 
tashqi ko‘rinishidir. Tildagi birliklar sanoqli, ammo nutqiy faoliyat mahsuli 
cheksiz va o‘rni kelsa takrorlanmasdir. Boshqacha qilib aytganimizda, bir 
marta ishlatgan jumla (gapimiz)ni ikkinchi marta nafaqat o‘zimiz balki, 
boshqa hech kim ishlatmasligi ham mumkin. Nutqning to‘g‘ri tuzilganligi 
uning adabiy til me’yorlariga mosligidir. To‘g‘ri nutq tuzish uchun 
so‘zlovchi adabiy til me’yorlarini egallab olgan bo‘lishi kerak. Makon va 
zamonda chegaralanganlik, past va baland ohangda aytilish, xato, g‘alizlik, 
sohta va boshqa xususiyatlar mutlaqo nutqqa xos. Bu xususiyatlarning 
birortasi ham tilga xos tushunchalar emas. Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun, 


59 
asosan, ikki me’yorga – urg‘u va grammatik me’yorga qat’iy amal qilishni 
talab qiladi.
Birinchidan, nutqni to‘g‘ri tuzishda grammatik vositalarning qo‘llash 
me’yorlari ham muhim o‘rin egallaydi.
Ikkinchidan, aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida 
qadimdan ma’lum. G‘arb mutafakkirlari ham sharq mutafakkirlari ham 
aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti hisoblaganlar. 
Uchinchidan, nutqning mantiqiyligi grammatik to‘g‘ri tuzilmagan nutq 
ham, fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug‘aviy birlik ham 
mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning 
buzilishi tinglovchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq borib etmasligiga, 
ba’zan, umuman anglashilmasligiga olib keladi. 
To‘rtinchidan, nutqning tozaligi deganda, eng avvalo, uning adabiy 
tilning lisoniy me’yoriga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. 
Nutq mana shu sanab o‘tilgan xususiyatlari bilan tildan ajralib turadi. 
Albatta, tafakkur sanab o‘tilgan nutqqa xos to‘rtta xususiyatda bevosita 
ishtirok etadi. Nutq va tafakkur munosabatlari shu belgilarda yaqqol 
kesishadi, aniqroq qilib aytsak, birlashadi. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, til bilan tafakkurni bir-biriga teng 
deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu haqda M.Irisqulov quyidagilarni yozadi: “1) 
kishi o‘ylab yurgan fikrini til orqali ifodalaydi deyish haqiqatga to‘g‘ri 
kelmaydi. Kishi fikrining boshqalarga aytish mumkin bo‘lgan qisminigina 
til yordamida suhbatdoshiga (o‘quvchisiga etkazadi). 2) til moddiy, 
tafakkur esa g‘oyaviy hodisalardir; 3) ikki narsani teng deyish uchun 
ularning tarkibini ham bir-biri bilan qiyoslash va ular bir-biriga mos kelsa, 
ularni teng deyishga asos tug‘iladi. Ma’lumki, tafakkurni mantiq fani, tilni 
esa tilshunoslik o‘rganadi. Mantiq fani tafakkurni tarkibiy qismlarga 
ajratganda, u uch birlikdan: tushuncha, muhokama va xulosadan tarkib 
topganini qayd etadi. Tilshunoslik fani nutqni tarkibiy qismlarga bo‘lganda 
nutq tovushi (fon), morf, so‘z, gap, matnlarga ajratadi. Demak, til va 
tafakkur birliklari bir-biriga miqdor jihatdan ham to‘g‘ri kelmaydi; 4) ba’zi 
olimlar tafakkurdagi tushuncha tildagi so‘zga, muhokama esa gapga to‘g‘ri 
keladi, degan fikrni ham ilgari surishadi. Ma’lum bo‘lishich abu fikr ham 
asossiz ekan” [M.Irisqulov, 1992: 238-239]. Mana bu fikrlardan ham 
ko‘rinib turibdiki, til va tafakkur boshqa-boshqa bo‘lgan, ammo bir-biri 


60 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan hodisalardir. Shunday ekan til va tafakkurni bir-
biridan ajratib qo‘yish ham mumkin emas. Til sistemasining ishlashi uchun 
tafakkur zaruriy omildir. Til, nutqiy faoliyat, nutq jarayoni ierarxik 
munosabatlarida tafakkur bab-baravar qatnashadi. Avvalom bor tafakkur 
birlamchi qolganlari esa ikkilamchi hodisa sifatida o‘rganilishi maqsadga 
muvofiqdir. Yoki boshqacha qilib aytsak, tilni tafakkur yaratdi. Til va nutq 
nutqiy faoliyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuningdek, bevosita til 
sistemasining ishlashi, yani nutqiy faoliyat tafakkur orqali voqelanadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə