48
bo‘lishida insonning bir necha xil a’zolari, ko‘z, quloq, his etish va fikrlash
qobiliyati ishtirok etadi. Kishilar biror predmetning nomini eshitgandan, u
haqda fikr yuritadi, natijada tasavvur orqali uning miyasida shu narsa va
voqea – hodisaning aksi (in’ikosi) paydo bo‘ladi.
Tushunchani tasavvur
qilishda tasavvur hammada bir xil bo‘lmaydi. U kishining bilimi, tajribasi
va hakozolar bo‘yicha farqlanadi. Ba’zi bir ko‘rmagan, eshitmagan yangi
predmet va hodisalarning nomini eshitganimizda biror bir aniq tasavvur
qilolmaymiz. Hattoki, ko‘rib turgan yangi narsalarning nomini bilmaymiz.
Aytaylik, Hindistonda o‘sadigan mevani umrimizda ko‘rmagan, emagan u
haqda eshitmagan bo‘lsak. Uning nomini eshitganda dastlab hech qanday
tushunchaga ega bo‘lmaymiz. Ko‘z oldimizga hech narsani keltira
olmaymiz, natijada tasavvurimizda in’ikosini hosil qila olmaymiz. Shu
sabab ham aniq bir tasavvur hosil qilishimiz uchun yetarli ko‘nikma, bilim
va tajriba talab qilinadi. So‘z tushunchaning tildagi atalish nomi
hisoblanadi. Masalan, ma’naviyat o‘chog‘i, o‘quv predmeti bo‘lgan narsa
va u haqdagi tushuncha o‘zbek tilida kitob,
rus tilida kniga, ingliz tilida
book. Mana shu bir narsaning turli xil tilda turlicha nomlanishi so‘zdir.
So‘z narsa va tushuncha bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular doim birga
yashaydi, tushunchasiz so‘z, so‘zsiz tushuncha bo‘lishi mumkin emas.
So‘z tilshunoslikning barcha sathlari ob’ekti. Tushuncha esa mantiq fanida
o‘rganiladi. So‘z, narsa va tushuncha orasida shunday bog‘liklik borki,
ularni bir - birisiz tasavvur etish ham qiyin. Ya’ni bir - biri bilan uzviy
bog‘langan hodisalardir. Buni quyidagi rasm orqali ifodalasak bo‘ladi.
So‘z
Narsa
Tushuncha
Mana rasmda ko‘rib turganingizdek, bular bir-biri bilan uzviy bog‘liq
hodisalardir. Narsaning biror tildagi nomi so‘z, narsani denotat,
tushunchani signifikat deb ham nomlaymiz. Bizning tafakkurimizda tashqi
moddiy olamning aks etishi uchun ma’lum narsalar talab qilinadi. Bular til
bilish, ya’ni so‘z
nomini bilish, so‘z orqali ifodalanayotgan shu narsa
haqida bilimga ega bo‘lish. Buning uchun shu narsaga avval duch kelgan,
ko‘rgan bo‘lishimiz lozim. Shundan so‘nggina shu so‘z va narsa haqida
tushunchaga ega bo‘lamiz. Bu fikrlar asosan, so‘zning atash ma’nosiga
49
tegishlidir. Ko‘chma ma’nolarda bir so‘zni har millat,
har kim har xil
tushunishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: