80
narsa deb ko‘rsatishadi. Bu noto‘g‘ri, atama
keng manoda barcha nomlar
bo‘lsa, termin esa har bir sohaga tegishli bo’lgan lug’aviy birliklardir.
Terminlar xilma-xil bo‘lib, ular mavzu jihatidan ham o‘zaro bir nechta
guruhni tashkil qiladi:
1.
Ijtimoiy-siyosiy terminlar;
2.
Fan va texnikaga doir terminlar;
3.
Sanoat
sohasiga oid terminlar;
4.
Qishloq xo‘jaligiga doir terminlar;
5.
Madaniy – ma’rifiy, san’atga doir terminlar;
6.
Savdo va moliyaga doir so‘z va terminlar;
7.
Kiyim- kechakka doir terminlar;
8.
Harbiy ish, fizkultura, hamda sportga oid terminlar;
9.
Oziq-ovqatga doir terminlar va hakoza.
1.Eskirgan so‘zlar. Bunday so‘zlar yana o‘z navbatida ikkiga:
tarixiy
va arxaizmlarga bo‘linadi. Tarixiy so‘zlarga o‘z nomi bilan so‘zning o‘zi
ham nomi ham eskirib tarixda qolgan so‘zlar kiradi. Masalan: paranji,
ellikboshi, kanizak va hakozo. Arxaizmlarda esa so‘zning o‘zi eskirgan
bo‘lib, ma’nosi saqlangan bo‘ladi. Ya’ni,
bugungi kunda sinonimi
ishlatiladigan so‘zlardir. Masalan: yanoq, rayon, podsho va hakoza.
2.Neologizmlar. Tilimizda yangi paydo bo‘lgan so‘zlar. Til ochiq tizim
bo‘lgani sababli, tinimsiz yangi so‘zlar o‘zlashtiriladi. Masalan: layk, (layk
qilmoq), parol, login, onlayn, blog, post, selfi, status, mobil versiya,
domen,
internet-provoyder, operator,
moderator, spam, e-meyl, sayt-
vebsayt, chat va hakoza.
Bu sanab o‘tilgan shevalarga oid so‘zlar, kasb – hunarga oid so‘zlar,
eskirgan so‘zlar, neologizmlar nofaol leksika qatlamiga tegishli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: