77
Gaplologiya hodisasi.
Gaplologiya hodisasi ko‘ra so‘z
tarkibidagi
ma’lum bir bo‘g‘inning to‘liq tushib qolishi nazarda tutiladi: qayin og‘a –
qaynog‘a, qayin ona – qaynona kabi.
Diareza hodisasi.
Diareza hodisasida so‘z talaffuzi paytida biror
tovushning tushirilib qoldirilishi nazarda tutiladi.
Bu hodisa faqat talaffuz
shakliga xos. Yozma shaklida asliga muvofiq to‘g‘rilab yoziladi. Masalan:
Samarqand – Samarqan, go‘sht –go‘sh, past – pas kabi.
Epenteza hodisasi.
Epenteza hodisasida so‘z o‘zagiga qo‘shimcha
qo‘shilganda yangi tovush qo‘shilishi kuzatiladi. Masalan: bu + ga – bunga,
u+da – unda, shu+ dan – shundan kabi .
Tilning morfologik qurilishi.
O‘zak va negiz. Sintaktik munosabat
orqali nutqda qo‘shimchalar asosida so‘zlarni shakllantiramiz. Shunday
ekan o‘z-o‘zidan ularni tahlil qilishda qismlarga bo‘lib o‘rganamiz.
Masalan: gul-chi, o‘qi-t-uvchi-lik, ish-chi-lar-i-miz.
Bu erda sanalgan
misollardagi qismlardan faqat uchtasigina ya’ni gul, o‘qi, ish mustaqil
holda leksik ma’no ifodalaydi. Qolganlari mana shu uchta so‘zni
shakllantirishga hissa qo‘shadi, xolos. Ammo, o‘zicha leksik ma’no
anglatmaydi. So‘zning o‘zicha leksik ma’no ifodalab boshqa lug‘aviy
qismlarga ajratilmaydigan shakli o‘zak deyiladi. Masalan: gul, suv, ish,
o‘qi kabi.
O‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalarning qo‘shilishi
natijasida
negiz hosil qilinadi. Demak, negiz faqat yasama so‘zlardagina mavjud
bo‘ladi. Barcha so‘zlarda negiz bo‘lavermaydi, ba’zan bir so‘zda birdan
ortiq yasovchi qo‘shimcha bo‘lsa, birdan ortiq negiz bo‘laveradi.
Masalan: temir+chi+lik, chorva+chi+lik kabi. Negizga ham o‘z
navbatida shakl yasovchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi.
Masalan: gul+chi+ga, kitob+xon+lar va hakozo. Bundan ko‘rinadiki,
negiz turli xil tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Bu tarkibiy qismlar ma’no
bildiruvchi o‘zak va leksik ma’no anglatmovchi qo‘shimchalardan iborat
bo‘ladi. Morf va morfemalar ham bir – birdan farqlanadi.
Bularni
bo‘g‘inlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Masalan: suv+chi so‘zi ikki
bo‘g‘indan tashkil topgan. Bu so‘zning bo‘g‘inga va morfemalarga
bo‘linishi mos keladi. Ammo, u+kam so‘zi ikki bo‘g‘inga
shu tarzda
bo‘linadi. Morfemaga esa u+kam tarzida emas uka+m tarzida ajratiladi.
78
Ba’zan bir morfemani 2 ta 3 ta morf bilan ifodalash mumkin. Bunda
bu morflarni allamorf deb ataymiz. Bir qo‘shimchaning turli xil yozilishi
allamorfdir. Masalan: kelguncha, chiqquncha so‘zlaridagi –guncha, -
quncha yoki uyga, boqqa so‘zlaridagi -ga va –qa lar allamorflardir.
Dostları ilə paylaş: