81
Lug‘atshunoslik
tilshunoslikning
lug‘at
tuzish
ishi
bilan
shug‘ullanadigan maxsus bir sohasidir. Lug‘atchilikning nazariy va
amaliy tomonlari bor. Lug‘at tuzishning ilmiy
asoslari va tamoyillarini
ishlab chiqish, lug‘at tiplarini belgilash, uni
yaratish usullarini asoslab
berish bu sohaning nazariy masalalari bo‘lib hisoblanadi. Tilning so‘z
boyligini to‘plash, lug‘at tuzish uchun kartotekalar tuzish va ularni
tartibga
solish
kabilar
lug‘atshunoslikning
amaliy
tomonidir.
Avvalambor lug‘atlarni ikki turga bo‘lamiz: Qomusiy lug‘atlar 2.
Lingvistik lug‘atlar.
1.Qomusiy (ensiklopedik) lug‘atlarda ilmiy, siyosiy,
adabiy hamda
ishlab chiqarishga xos tushunchalar, mashhur
kishilar haqida batafsil
ma’lumot beriladi. “O‘zbek milliy ensiklopediyasi”, “U kim, bu nima”,
“Salomatlik” kabi lug‘atlar qomusiy lug‘atlarga misol bo‘la oladi.
2.Lingvistik lug‘atlar bir tilli va ko‘p tilli bo‘lishi mumkin. Bir tilli
lingvistik lug‘atlarga:
Izohli lug‘at – tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar ma’nolariga izoh
beriladi.
Imlo lug‘ati-orfografik lug‘at ham deyiladi. Bunday lug‘atlar
so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi hisobga olinib tuziladi.
Orfoepik lug‘ati – so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi.
Sinonimlar lug‘ati – sinonim so‘zlarni topishga yordam beradi.
Omonimlar lug‘ati - omonim so‘zlarni topishga yordam beradi.
Antonimlar lug‘ati - antonim so‘zlarni topishga yordam beradi.
Paronimlar lug‘ati - paronim so‘zlarni topishga yordam beradi.
Frazeologik lug‘at - iboralarni o‘rganishga yordam beradi.
Morfem lug‘at – so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajratishga yordam
beradi.
Terminologik lug‘at – ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalarga izoh
beriladi.
Chappa (ters) lug‘at – bu lug‘atda so‘zlar oxirgi harfi bo‘yicha
joylashtiriladi.
O‘zlashma so‘zlar lug‘ati – boshqa tillardan olingan so‘zlar
keltiriladi.
Chastotali lug‘at – ma’lum bir asarda qaysi so‘z
necha marta
ishlatiligani haqida statistik ma’lumot beradi.
82
Ko‘p tilli lingvistik lug‘atlarga tarjima lug‘atlari kiradi. Masalan:
O‘zbekcha – inglizcha so‘zlar lug‘ati, nemischa –ruscha so‘zlar lug‘ati
kabi.
Dostları ilə paylaş: