35
bo‘lgan va tilimizda keng qo‘llanilayotgan so‘zlar bilan almashtirish
zarurati yo‘qdir.
Shuningdek, hozirgi paytda shoshma-shosharlik bilan
chop etilayotgan ba’zi lug‘atlarda ayrim atama va iboralar tarjimalarida
ham g‘alizliklarni ko‘rish mumkin.
Qayd etish lozimki, xuddi ana shunday holat o‘zbek adabiy tilining
1920-yillardagi davrlarida yuz bergan. Bu davrda o‘zbek adabiy tilining
boshqa tillarga munosabati, ular bilan o‘zaro aloqasi qanday bo‘lishi
masalasida qizg‘in bahs munozaralarni kuzatish mumkin. Buni, asosan,
til
leksikasining boyib borishi, atamashunoslik sohasiga oid bo‘lib,
tilning sofligini saqlash davosi bilan o‘zbek tiliga baynalmilal so‘z va
atamalarning o‘zlashishiga qarshilik ko‘rsatilgan edi. O‘sha davrlardagi
tarixiy shart-sharoitlar bilan bog‘liq holda hayotda paydo bo‘layotgan
yangi-yangi tushunchalarni ifodalash uchun o‘zbek tilidagi so‘zlarning
o‘zidan so‘z yasash, eski o‘zbek tiliga oid iste’moldan chiqqan so‘zlarni
qayta tiklash, hech imkoniyati topilmay qolgan taqdirda arabcha, forscha
so‘zlardan foydalanish lozim deb qaralgan edi. Ammo, tilning o‘ziga
xos qonuniy taraqqiyotiga zid bo‘lgan bu kabi nuqson va xatoliklar
ko‘pga bormay barham topdi. Chunki, tilning ichki va tashqi
imkoniyatlaridan qonuniy ravishda foydalanilmagan va ularga shoshma-
shosharlik bilan yondoshilgan edi.
Demak, har bir tildagi
atamalarning yaratilishi, joylashishi bir-ikki
yilda emas, balki bir necha o‘n yillar yoki asrlar davomida asta-sekin
yaratilib va silliqlanib, shu asosda to‘g‘ri izga tushgan. Ularni bu izdan
birdaniga chiqarib tashlash mumkin emas.
Atamalar tanlashda yoki
almashtirishda hamda tarjima etishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Bu atamashunosligimiz uchun qo‘pol xatolik sanaladi.
Umuman, qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosaga kelishi mumkin.
Rivojlangan har qanday til, shu jumladan hozirgi o‘zbek tili ikki
asosiy funksional turga: adabiy til va so‘zlashuv tiliga bo‘linadi. Har bir
muayyan tilning sohibi, tashuvchilari bo‘lgan elat (xalq) yoki millatning
vakillari tomonidan so‘zlashuv tili bolalikdan boshlab egallanadi.
Adabiy til, uning me’yorlari va qonuniyatlari esa balog‘atga etgan,
kamolatga erishgan kishining shakllanish jarayonida o‘rganib,
o‘zlashtirib olinadi.