|
Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi10-§. Tilning ijtimoiy vazifalari.
Til kishilik jamiyatining asrlar
davomidagi tarixiy-ijtimoiy tajribasi asosida yuzaga kelgan ijtimoiy
hodisadir. Tilning ijtimoiy tabiati uning jamiyatda mavjud bo‘lishi
hamda jamiyat manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. Shu
sabab ham buyuk nazariyotchi olim F.de Sossyur tilning ijtimoiy hodisa
ekanligi haqida shunday deydi: “Til belgilari o‘z tabiatiga ko‘ra garchi
psixik bo‘lsa ham, lekin u abstraksiya emas, balki jamiyat a’zolari til
xotirasida joylashgan reallikdir” [F.de. Sossyur, 1977: 53]. Til va
jamiyat taraqqiyoti uzviy bog‘liqdir. Jamiyatda ro‘y beradigan har
qanday voqelik, ma’lum ma’noda tilda o‘z ifodasini topadi. Aytaylik,
hayotga bitta yangi narsa kirib kelsa, uning nomi tilda albatta, aks etadi.
Akbarshoh bolaga hech qanday til ataylab o‘rgatilmasa, u qaysi tilda
gapiradigan bo‘lishini istaydi. Ana shu maqsadda shoh o‘n ikki emizikli
bolani ajratib olib, Agradan 6 mil uzoqlikdagi qal’aga joylashtiradi,
ularni tarbiyalashni o‘n ikki soqov enagaga topshiradi. Tilsiz qorovulga
qal’a darvozasini ochish qat’iyan ta’qiqlanadi, darvoza ochilsa, uning
boshi sapchaday uzib tashlanishi aytiladi. Bolalar o‘n ikki yoshga
etganda, shoh ularni huzuriga keltiradi. Hind faylasuflari bu bolalarning
tili sanskrit bo‘lib chiqadi deb hisoblaydilar. Ammo bolalar shoh
huzuriga kelganda, barcha hayratdan tosh qotib qoladi.
Chunki bola bechoralar hech bir tilda gapirmas edilar.Ular o‘z
enagalaridan fikrlarni turli imo-ishoralar bilan ifodalab, hech qanday
tilsiz muomala qilishni o‘rgandilar [N.Uluqov, 2016: 23]. Bu misol
tilning biologik yoki tabiiy hodisa emasligini yana bir bor isbotlaydi. Til
ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun ham bolalar jamiyatdagi gunglarning imo
– ishoralaridan boshqa hech narsani o‘rganmadi.
Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy hodisa ekanligini o‘rganadi.
Tilning paydo bo‘lishi, bir butun sistem sifatida shakllanishi, ijtimoiy
hodisa tarzida voqelanishi uning tarixiyligi bilan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |
|
|