62
uchun ma’lum sanoqligina tovushlardan turli-tuman cheksiz so‘zlar
yaratiladi. Tovush nutq birligining minimal moddiy birligi sifatida
ijtimoiy vazifa bajaradi. Tovush paydo bo‘lish tomonidan olib
qaralganda
birlamchi, fonema esa ikkilamchi. Bular bir – biri bilan
chambarchas bog‘liq, bir – biriga o‘tib turadigan birliklardir. Masalan:
kel – ket, ko‘z – so‘z, men – sen
kabi. Bu misollarda tovush fonemaga
fonema tovushga aylanganini ko‘rishimiz mumkin.
So‘z.
Til birligi sanalgan leksemaning nutqdagi birligi so‘zdir.
Leksemaning so‘zga aylanishi nutqiy faoliyatning roli bilan
chambarchas bog‘lanadi. So‘z nutq jarayonida oydinlashadi, voqelanadi.
Ya’ni so‘z, aniq moddiy qobiqqa ega bo‘ladi. So‘zning
tilimizdagi
vazifasi nominativ vazifa bajarishidir. Ya’ni so‘z aniq tushunchani
ifodalab, tafakkurimizda tushuncha tasavvurini hosil qiladi. So‘z fikr
ifodalab kelishidan tashqari alohida gap ham bo‘lib kelishi mumkin.
So‘z xali to‘liq o‘rganilmagan sath bo‘lishi bilan birga, deyarli tilning
barcha bo‘limlarining ob’ekti hamdir. Har bir so‘z fonetik,
grammatik
va semantik jihatdan shakllangan bo‘ladi. Shuningdek, so‘z o‘zidan
katta nutq birliklari sanalagan: so‘z birikmasi, gap va matnning qurilish
materialidir.
Dostları ilə paylaş: