11
hayvonot dunyosidan farqli ravishda ularda
aloqa-munosabat vositasi,
aniqrog‘i mazmunli (madaniy holda) yashash uchun nutq (so‘zlashuv),
ya’ni til, nutq va yozuv hamda shu asosda ongli mehnat faoliyati paydo
bo‘ladi. Til-nutq va yozuv ham ijtimoiy hodisa sifatida yuzaga kelib, u
faqat insoniyatga xos belgi hisoblanadi, kishilik
jamiyatidagina mavjud
bo‘ladi va xizmat qiladi.
Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi izoh talab qilmaydi, albatta. Shu
bois, “til kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi” deb berilgan ta’rifga
qo‘shilamiz. Lekin bu uning vazifasiga ko‘ra mohiyatini belgilab beradi.
Tilning material nuqtai nazardan nimani taqozo etishining bunga aloqasi
yo‘q. Bu jihatdan til o‘ziga xos murakkab sistemani tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: