Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


-MAVZU: SOLIQ IDORALARIDA SOLIQLAR VA MAJBURIY



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

 
6-MAVZU: SOLIQ IDORALARIDA SOLIQLAR VA MAJBURIY 
TO‟LOVLAR HISOBINING YURITILISHI 
1. Shaxsiy kartochka tushunchasi va uni yuritish bo‟yicha ishlarni tashkil 
qilish. 
2. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‟lovlar 
hisobini yuritish. 
3. Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‟lovlar 
hisobini yuritish. 
4. Shaxsiy kartochkalarda penya hisoblash va to‟lash tartibi. 
5. Soliq to‟lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritilishini nazorat qilish va 
javobgarlik. 
1. Shaxsiy kartochka tushunchasi va uni yuritish bo‟yicha ishlarni tashkil 
qilish. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutstiyasi 51-moddasi va Soliq Kodeksining 6-
moddalariga asosan mamlakatimizda soliqlar va qonun bilan belgilangan boshqa 
majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyligi qat‘iy ravishda belgilab qo‘yilgan. 
Shuningdek soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) soliq kodeksi 34-
moddasida belgilanganidek, o‘zlariga yuklatilgan soliq majburiyatlarini bajarish 
uchun davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatda turishlari shart. Xo‘jalik 
yurituvchi sub‘ektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgach, jismoniy shaxslar esa uchastka 
davlat soliq inspektorlari tomonidan ro‘yxatga olingach Davlat soliq 
inspeksiyasida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga turadi va uning zimmasiga qonun 
hujjatlariga binoan soliq to‘lash majburiyati yuklatiladi. Shu munosabat bilan soliq 
sub‘ektlari va soliq organlari o‘rtasida huquqiy munosabatlar o‘rnatiladi. 


66
Davlat soliq organlariga kelib tushadigan axborotning katta hajmlarda bo‘lishi, 
ularga qisqa muddatlarda unumli va aniq ishlov berish zarurligini inobatga olib 
xodimlarning say-arakatidan bevosita soliq xizmati organlarining asosiy 
funkstional vazifalarini hal etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish soliq 
xizmatlari ishining barcha jarayonlariga joriy etilgan. 
Bugungi kunda Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy 
kartochkalari DSQ raisining 2012 yil 15 sentyabrdagi 350-sonli buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan ―Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy 
kartochkalarini yuritish‖ tartibiga asosan yuritiladi.
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, Mehnat 
kodeksiga, Fuqarolik kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat 
soliq xizmati to‘g‘risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi, «Byudjet tizimi 
to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning Davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida»gi, 
«Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan Pensiya ta‘minoti to‘g‘risida»gi, 
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi 
Qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan 
bo‘lib, davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy 
kartochkalarida byudjetga, byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning, shuningdek fuqarolarning shaxsiy 
jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, O‘zbekiston yoshlarining 
«Kamolot» ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg‘armasiga hamda Davlat soliq 
qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish 
va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga to‘lovlarning tezkor hisobini 
yuritish, soliq organlarining funkstional bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro axborot 
almashinuvi tartibini belgilaydi. 
Hududiy davlat soliq inspekstiyalarida soliq to‘lovchilarni hisobga olishni va 
ularning shaxsiy kartochkalarini elektron ko‘rinishda yuritish ishlari ―Soliq va 
boshqa majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish ma‘lumotlar 
bazasiga xizmat ko‘rsatish‖ bo‘limi tomonidan yuritiladi. Davlat soliq xizmati 


67
organlarida soliq to‘lovchining soliq majburiyatlarini bajarilishiga doir ayrim 
ma‘lumotlar soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkalarida yuritiladi 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə