141
Ichki va tashqi ma‘lumotlarga asosan o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari
bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklar mazkur qo‘llanmaning VII-bo‘limiga
asosan YaTTga etkaziladi.
Kameral nazorat yakuni bo‘yicha YaTTga
yuborilgan talabnomalar
nusxalari, shuningdek, ularning faoliyati bo‘yicha hisobotlari yoxud YaTTning o‘zi
tomonidan aniqlangan tafovutlarning asosi uning ish jildiga tikib qo‘yilishi va Soliq
kodeksining 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da‘vo qilish
muddati mobaynida saqlanishi lozim.
Faoliyati yuzasidan kameral nazorat o‘tkazilishi natijasida xato va
kamchiliklar aniqlangan YaTTga nisbatan tegishli choralarini qo‘llash mazkur
qo‘llanmaning VIII-bo‘limiga asosan amalga oshiriladi.
Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 2 avgustdagi 333-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan ―Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatini amalga oshiruvchi,
yirik pul aylanmalariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar
tomonidan soliq
qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish tartibi‖ga asosan yakka tartibdagi
tadbirkorlar tomonidan tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelingan va
olib chiqilgan tovarlar hajmi hamda yirik pul aylanmalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar
asosida yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati mavjud (tashqi va ichki)
ma‘lumotlar asosida kameral nazoratdan o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: