Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

6.Davlat 
soliq 
xizmati 
organlarida 
kameral 
nazorat
o‟tkazuvchi xodimlarning javobgarligi. 
Kameral nazorat o‘tkazuvchi xodimlar, soliq to‘lovchilar tomonidan davlat 
soliq xizmati organlariga taqdim etilgan barcha moliyaviy va soliq hisobotlarni 
Soliq kodeksiga va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan to‘liq va o‘z 
vaqtida sifatli kameral nazoratdan o‘tkazishga javobgardir. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bilan bog‘liq bo‘lgan ma‘lumotlar, 
shuningdek, davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni 
oshkor qilmaslik, soliq to‘lovchilarning qonun bilan kafolatlangan huquqlarini 
poymol qilmaslik, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarilishini 
ta‘minlash uchun kameral nazorat o‘tkazuvchi xodimlar mas‘uldirlar. 


142
Zimmalariga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonlik bilan qaraganliklari tufayli 
qonun buzilish holatlarini kelib chiqishi yoki boshqacha tarzda huquqbuzarlik sodir 
etganliklari uchun davlat soliq xizmati xodimlari O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 
 
10-MAVZU: SOLIQ TEKSHIRUVLARI VA TURLARI VA ULARNI 
TAShKIL QILISh 
1.Soliq tekshiruvlari shakllari. 
2.Soliq tekshiruvlarini tashkil qilish. 
3.Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‟g‟riligini tekshirish. 
 
1.Soliq tekshiruvlari shakllari va turlari. 
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga 
oshiriladigan soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir. 
Soliq tekshiruvi soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyati tekshiruvi 
(taftishi) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi. 
Soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) soliq 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish 
maqsadida soliq to‗lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari 
hamda boshqa hujjatlarini o‗rganish va taqqoslashdir. 
Qisqa muddatli tekshiruv soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyatini 
tekshirish bilan bog‗liq bo‗lmagan, uning ayrim operatsiyalarining soliq 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiruvidir. 
Soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo‗linadi: 
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish 
bo‗yicha vakolatli organ bilan kelishuvga ko‗ra o‗tkaziladigan tekshiruvlar; 
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish 
bo‗yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‗tkaziladigan tekshiruvlar. 


143
Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish 
bo‗yicha vakolatli organ bilan kelishuvga ko‗ra o‗tkaziladigan tekshiruvlar 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyatini tekshirish (taftish); 
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari 
to‗g‗risidagi murojaatlari asosida o‗tkaziladigan tekshirish yoki tavakkalchilikni 
tahlil etish natijalarining yakunlari bo‗yicha davlat soliq xizmati organlari 
tashabbusiga ko‗ra tekshirish. 
Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish 
bo‗yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‗tkaziladigan tekshiruvlar 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‗tkaziladigan tekshirish hamda 
faoliyati tugatilayotganda yagona soliq to‗lovini to‗lovchi bo‗lgan yakka tartibdagi 
tadbirkorni tekshirish; 
tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab 
chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini tekshirish; 
qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‗lmagan alkogol va 
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini tekshirish; 
taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi 
faktlariga barham berish bo‗yicha tekshirish; 
o‗z faoliyatini rasman to‗xtatib turgan davr mobaynida yakka tartibdagi 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni davom ettirayotgan jismoniy shaxsning 
faoliyatini tekshirish. 
Notijorat tashkilotlarini, O‗zbekiston Respublikasida doimiy muassasa 
orqali faoliyatini amalga oshirayotgan O‗zbekiston Respublikasi norezidentlarini
shuningdek chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari hamda filiallarini 
tekshirishlar O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə