Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə18/86
tarix11.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#147964
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86
turizm sohasida strategik marketing

Maqsadlar qo‘yish yo‘li.
Tarmoq spesifikasi, muhit holatining o’ziga xosligi, missiyaning harakteri va maqsadiga qarab har bir tashkilotda tashkilot parametrlarining to’plami, ya‘ni tashkilot maqsadi ko’rinishida paydo bo’ladigan maqbul vaziyat bo’yicha ham, ushbu parametrlarning miqdoriy baholari bo’yicha ham o’ziga xos shaxsiy maqsadlari tashkil etiladi.
Maqsadlar to’plamini qayd qilishdagi vaziyatga qaramasdan, tashkilot o’zining maqsadlarini qo’yadigan 4 ta sohada ifodalash lozim:

  1. Tashkilot daromadi.

  2. Mijozlar bilan ishlash.

  3. Hamkorlarning talab va istagi.

  4. Ijtimoiy javobgarlik.

1. Daromat sohasida:

  • foyda miqdori, rentabellik, aksiyadagi daromad va shu tipdagi ko’rsatkichlarda aks etuvchi serdaromadlik;

  • bozor ulushi, sotish xajmi, raqobatchiga nisbatan bozor ulushi, umumiy sotish xajmida aloxida mahsulotlar ulushi kabi ko’rsatkichlarda tavsiflanuvchi bozor holati;

  • mahsulot birligiga sarf qilingan harajatlarda, material xajmida, foydali ish koeffitsiyentida ishlab chiqarish quvvatining birligi bilan, vaqt birligida ishlab chiqariluvchi mahsulot xajmida va shu kabilarda ifodalanuvchi unumdorlik;

  • kapital strukturasini harakterlovchi kursatkichlarda, tashkilotdagi pul harakatida, kapital aylanishining qiymatida va xokazolarda tavsiflanuvchi moliyaviy resurslar;

  • quvvatdan foydalanganlik o’lchamiga, texnika birligi soniga va shu kabilarga tegishli maqsad ko’rsatkichlarida ifodalanuvchi tashkilot qudrati;

  • yangi asbob-uskunalarni harakatga keltirish muddati mahsulot ishlab chiqarish muddati va xajmi, yangi mahsulotni bozorga chiqarish muddati, mahsulot sifati va xokazo ko’rsatkichlarda tavsiflanuvchi ishlab chiqish, mahsulot ishlab chiqarish va texnologiyalarni yangilash.

2. Mijozlar bilan ishlash sohasida:
 mijozlarga xizmat ko’rsatish tezligida, haridorlar tomonidan qilingan shikoyatlar sonida va shu kabilarda ifodalanuvchi haridorlar bilan faoliyat.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə