Ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi biologiya fanidan amaliy



Yüklə 327,6 Kb.
səhifə28/49
tarix22.03.2024
ölçüsü327,6 Kb.
#180287
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
1 curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy-fayllar.org

Ishni bajarish tartibi: 
1.Bandli va bandsiz barglar tuzilishi bilan tanishiladi. 
2.Barglarning tomirlanish turlari bilan lupa yordamida tanishiladi.
3.Oddiy va murakkab barglar bilan tanishiladi. 
4.Chetlari butun, o’yilgan, barg plastinkasi ikki-uch karra qirqilgan
o’simliklar bilan tanishiladi. 
5.Barg plastinkasining bir nechta turi chiziladi .
6.Bargning asosiy qismlari belgilanadi. 


Jadval-1 

T

t/r 

O’simlik 

nomi 

Barg turi 

Tomirlanish 

Shakli 

Qirrasi 
1

O’rik
oddiy

patsimon
yuraksimon 
tishli
2




Bug’doy
oddiy

parallel


qalami

tekis
3



G`oza
oddiy

panjasimon
o`yilgan 
tekis
4




Soxta
kashtan

murakkab


to’rsimon 
panjasimon
tishli

5
5.

Atirgul
murakkab 
to’rsimon
ovalsimon 
tishli

Rasm: Bargning xillari chiziladi




53 


Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosa. 
1.Barg- o’simlikning muhim biologik jarayonlar asosida organic moddalar
hosil qiluvchi suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi. Barg 
asosan ikki qismdan : barg yaprog’i (plastinkasi) va barg bandidan tashkil topgan
.Ayrim o’simliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar bo’ladi. Ba’zi 
o’simliklarning bargi bandsiz bo’ladi. Bunday burglar bandsiz (o’troq ) barg
deyiladi.Barglar poyaga yoki novdaga, odatda, barg bandi bilan birikadi. Bandsiz 
burglar poyaga yaprog’ining pastki qismi bilan birikadi. Bandli barglarga: olma,
o’rik, nok, terak, yong’oq, anjir, tok, bodring, qovun kabilar; bandsiz barglarga 
lola, piyoz, shirach, gulsafsar, bug’doy, makkajo’xori, arpa, sholi kabi o’simliklar
kiradi.

2.Ko’pchilik o’simliklarning bargi va bargchalari aniq ko’rinib turadigan va


ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan tomirlari bo’ladi.Tomirlar barg bandidan bargga 
o’tib shoxlanadi.Shu tomirlar tufayli barg mustahkam bo’ladi.Ikki palllali
o’simliklarning bargi to’rsimon tomirlangan. Ularni ayniqsa, terak, chinor, olma, 
o’rik,nok, yalpiz, g’o’za kabi o’simliklar bargida yaxshi ko’rish mumkin. Bunday
tomirlanish to’rsimon tomirlanish deb aataladi. Bir pallali o’simliklardan bug’doy, 
arpa, makkajo’xori, oqjo’xori, g’umay va boshqalar bargaining tomiri burglar
chetiga parallel yoki yoysimon joylashgan. Bunday tomirlanish parallel yoki 
yoysimon tomirlanish deb ataladi.
3.Yuksak o’simliklarning bargi tuzulishiga ko’ra oddiy va murakkab 
bo’ladi.Barg bandida bitta barg joylashsa, bunday barg oddiy barg deb ataladi.
Bularga olma, nok, o’rik, shaftoli, tut, tok, go’za, terak, rovoch, yantoq kabilarning 
bargi kiradi. Bitta barg bandida bir nechta bargchalar joylashgan bo’lsa, bunday
burglar murakkab barglar deyiladi.Murakkab bargli o’simliklarga shirinmiya, beda, 
soxta kashtan, yong’oq, jiyda, na’matak, qulupnay, loviya, no’xat, yeryong’oq
kabilar kiradi. 


Xulosa: Barg ikki qismdan:barg yaprog`i va barg bandidan tashkil
topgan.barglar bandli va bandsiz bo`ladi. Barglar oddiy va murakkab, shakli 
turlicha bo’ladi. Barg- o’simlikning muhim biologik jarayonlar asosida organik




54 
moddalar hosil qiluvchi, suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ 

organi hisoblanadi.




Yüklə 327,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə