53
Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosa.
1.Barg- o’simlikning muhim biologik jarayonlar asosida organic moddalar
hosil qiluvchi suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi. Barg
asosan ikki qismdan : barg yaprog’i (plastinkasi) va barg bandidan tashkil topgan
.Ayrim o’simliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar bo’ladi. Ba’zi
o’simliklarning bargi bandsiz bo’ladi. Bunday burglar bandsiz (o’troq ) barg
deyiladi.Barglar poyaga yoki novdaga, odatda, barg bandi bilan birikadi.
Bandsiz
burglar poyaga yaprog’ining pastki qismi bilan birikadi. Bandli barglarga: olma,
o’rik, nok, terak, yong’oq, anjir, tok, bodring, qovun kabilar; bandsiz barglarga
lola, piyoz, shirach, gulsafsar, bug’doy, makkajo’xori, arpa, sholi kabi o’simliklar
kiradi.
2.Ko’pchilik o’simliklarning bargi va bargchalari aniq ko’rinib turadigan va
ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan tomirlari bo’ladi.Tomirlar barg bandidan bargga
o’tib shoxlanadi.Shu tomirlar tufayli barg mustahkam bo’ladi.Ikki palllali
o’simliklarning bargi to’rsimon tomirlangan.
Ularni ayniqsa, terak, chinor, olma,
o’rik,nok, yalpiz, g’o’za kabi o’simliklar bargida yaxshi ko’rish mumkin. Bunday
tomirlanish to’rsimon tomirlanish deb aataladi. Bir pallali o’simliklardan bug’doy,
arpa, makkajo’xori, oqjo’xori, g’umay va boshqalar bargaining tomiri burglar
chetiga parallel yoki yoysimon joylashgan. Bunday tomirlanish parallel yoki
yoysimon tomirlanish deb ataladi.
3.Yuksak o’simliklarning bargi tuzulishiga ko’ra
oddiy va murakkab
bo’ladi.Barg bandida bitta barg joylashsa, bunday barg oddiy barg deb ataladi.
Bularga olma, nok, o’rik, shaftoli, tut, tok, go’za, terak, rovoch, yantoq kabilarning
bargi kiradi. Bitta barg bandida bir nechta bargchalar joylashgan bo’lsa, bunday
burglar murakkab barglar deyiladi.Murakkab bargli o’simliklarga shirinmiya, beda,
soxta kashtan, yong’oq, jiyda, na’matak,
qulupnay, loviya, no’xat, yeryong’oq
kabilar kiradi.
Xulosa: Barg ikki qismdan:barg yaprog`i va barg bandidan tashkil
topgan.barglar bandli va bandsiz bo`ladi. Barglar oddiy va murakkab,
shakli
turlicha bo’ladi. Barg- o’simlikning muhim biologik jarayonlar asosida organik