Ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi biologiya fanidan amaliy



Yüklə 327,6 Kb.
səhifə29/49
tarix22.03.2024
ölçüsü327,6 Kb.
#180287
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
1 curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy-fayllar.org

7-SINF BIOLOGIYA (ZOOLOGIYA) 

1-LABORATORIYA MASHG`ULOTI 

Mavzu:Tufelkaning tuzilishi.Harakatlanishi va ta’sirlanishini o`rganish. 

Maqsad:Infuzoriya tufelkani mikropreparat orqali o`rganish, bir hujayrali
hayvonlarning tuzilishi va hayot tarzi, harakatlanishini kuzatish, mustaqil 
mikropreparat tayyorlash va mikroskop bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish,
oddiy amyoba, yashil evglena va infuzoriya tufelkasining hujayraviy tuzilishini 
o`zaro taqqoslash.

Kerakli jihozlar: O`quv laboratoriya mikroskopi, preparoval to`plam (pinset,
skalpel, preparoval nina), polipropilen o`lchov idishlar to`plami, buyum oynasi, 
qoplag`ich oyna, filtr qog`ozi, tomizgich, petri kosachasi, biologiya xonalari uchun
kimyoviy reakivlar to`plami (sirka kislota, osh tuzi), infuzoriya tufelkasi kulturasi. 


Ishni bajarish tartibi: 
1.Mikroskop ish holatiga keltiriladi.Buning uchun mikroskop stol chetidan 3-
4 sm uzoqlikda, shtativga qaratib joylashtiriladi.
2.Pichan 
ivitmasi
kulturasidan 
infuzoriya
tufelkasi 
vaqtinchalik
mikropreparati tayyorlanadi. 
3.Infuzoriya tufelkasi kulturasi oldindan tayyorlab olinadi.
4. Buyum oynasiga tomizgich yordamida tayyorlangan kulturadan bir-ikki 
tomchi olib tomiziladi va qoplag’ich oyna bilan yopiladi,chetidagi ortiqcha suv filtr
qog’ozi yordamida shimdirib olinadi. 
5.Tayyorlanagan vaqtinchalik mikropreparat buyum stolchasiga qo`yiladi va
mikroskopda kuzatiladi. 
6. Kuzatishlar davomida infuzoriya tufelkasining tana shakli,og’iz oldi
chuqurchasi o`rganiladi, harakatlari kuzatilib, uning katta va kichik yadrosi, ovqat 
hazm qilish va qisqaruvchi vakuolalari aniqlanadi, kuzatishlardan so`ng daftarga
infuzoriya tufelkasining tuzilishi chiziladi, kuzatilgan tana qismlarining nomlari 
yozib qo`yiladi.




55 
7. Buyum oynasidagi tufelkali pichan ivitmasi tomchisiga sirka kislotasi yoki 

osh tuzining eritmasidan bir tomchi tomiziladi, tomchi buyum oynasi bilan


yopiladi va mikroskopning katta obyektivida kuzatiladi, tufelka tanasidan otilib 
chiqayotgan kuyduruvchi tanachalari topiladi va tuzilishi o`rganiladi.



Yüklə 327,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə