Ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi biologiya fanidan amaliy


Biologiya darslarida laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish



Yüklə 327,6 Kb.
səhifə24/49
tarix22.03.2024
ölçüsü327,6 Kb.
#180287
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
1 curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy-fayllar.org

Biologiya darslarida laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish 

Biologiya o‘quv dasturida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini 


mustahkamlash, ularni amaliyotga qo‘llash orqali biologik, amaliy va o‘quv
mehnati ko‘nikmalarini tarkib toptirish maqsadida laboratoriya mashg‘ulotlari 
kiritilgan.
O‘qituvchi laboratoriya mashg‘ulotlarini talab darajasida o‘tkazish uchun:
1. Laboratoriya mashg‘ulotlarining didaktik maqsadini aniqlashi;
2. Laboratoriya mashg‘uloti uchun zarur bo‘ladigan jihozlarni tayyorlashi; 
3. Laboratoriya mashg‘ulotida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish
yo‘llarini belgalashi va shu asosda mashg‘ulotning borishini loyihalashi; 
4. O‘quvchilarning tajriba va kuzatish o‘tkazish jarayonida zarur bo‘ladigan
topshiriqlar uchun ko‘rsatmalar tayyorlashi; 
5. Laboratoriya mashg‘uloti topshiriqlari bo‘yicha o‘quvchilar
tomonidan tayyorlanadigan axborotni rasmiylashtirish yo‘llarini aniqlashi lozim. 
6. Laboratoriya mashg‘ulotining borishi va olingan natijalarni tahlil
qilishi, zarur hollarda tegishli o‘zgartarishlar kiritishi lozim. 
Biologiya o‘quv dasturidan o‘quvchilarning o‘quv va amaliy
mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar ham
o‘rin olgan. O‘qituvchi mazkur amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish
maqsadida quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim: 



48 
• O‘quv dasturidan o‘rin olgan amaliy mashg‘ulotlarni istiqbol va taqvim-

mavzuli rejadagi va ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o‘rnini aniqlashi;


• Amaliy mashg‘ulotlarining didaktik maqsadini aniqlashi; 
• Amaliy mashg‘ulotini o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan
jihozlarni tayyorlashi; 
• Amaliy mashg‘ulotda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish
yo‘llarini belgilashi va shu asosda mashg‘ulotning borishini loyihalashi; 
• O‘quvchilarning tajriba va kuzatish o‘tkazish jarayonida zarur bo‘ladigan
topshiriqlar uchun ko‘rsatmalar tayyorlashi; 
• Amaliy mashg‘ulotning borishi va olingan natijalarni tahlil qilishi, zarur
hollarda tegishli o‘zgartirishlar kiritishi lozim. Xulosa qilib aytganda, biologiya
o‘qituvchisi o‘quv yili boshida o‘quv fanini o‘qitishni rejali va tizimli amalga
oshirish maqsadida istiqbol reja tuzishi, unda fanlararo bog‘lanishlar, ekskursiya va 
sinfdan tashqari ishlarni belgilashi, shu asosda mavzuli-takvim reja tuzishi zarur.
Mazkur mavzuli-taqvim rejada dars, darsdan tashqari ishlar, laboratoriya va amaliy 
mashg‘ulotlarni belgilashi, dars va mashg‘ulotlarni talab darajasida tashkil etishi
va o‘tkazishiga erishishi lozim. 



Yüklə 327,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə