Улугбек мби doc


 Shaxsiy himoya vositalari turlari va ulardan



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/41
tarix23.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#123484
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Óëóãáåê ìáè doc

3.2. Shaxsiy himoya vositalari turlari va ulardan 
 foydalanish tartibi. 
Agar ommaviy himoyalash vositalari, tashkiliy, texnikaviy va boshqa 
chora-tadbirlar bilan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ish doirasida 
xavfsiz darajada keltirib bo’lmasa, u holda shaxsiy himoyalanish vositalaridan () 
foydalanishga to’g’ri keladi. Bu yeng ko’p tarqalgani korjomalardir, u odam
tanasini noqulay meterologik sharoitlardan, ya’ni chang, pestisid , meneral 
o’g’itlar, neft mahsulotlari, yog’lar, kislota, ishqor bug’laridan issiqlik 
nurlanishidan mexanik shikastlanish va boshqa omillardan himoya qiladi.
Qo’l teri qamlami qo’lqoplar, to’qima qo’lqop kaftlik, panjaliklar 
shuningdek himoyalovchi “Serrigel” “Auro”, “LER-1”, “LER-2” va boshqa 
rastalar: selekonli”, “Plyonka hosil qilishi” kremlar va “Jeya” , “Soj”,
“ Ralle” pastalari, P D NS- AK sovun va boshqa vositalar bilan himoyalanadi.
Gazga qarshi nafas olish shaxsiy himoyalanish vositalari bo’g’gazsimon 
moddalardan himoyalanishga mo’ljallangan. Ishlatiladigan respiratorlar
RRG- 67 (10-MRM gacha) sanoat gazniqoblari MKR (100 MRM gacha ) va BK 
(100 MRM dan yuqori).
Respiratorlar almashtirilib bo’ladigan filtrlovchi patronlar gazniqoblar yesa 
ma’lum zararli moddalardan himoyalovchi filtlovchi qutilar bilan ta’minlangan. 
Ular havo yutgichlar yordamida tozalanadi. Yutgichlar aktivlashtirilgan ko’mir va 
kimyoviy sorbertdan tarkib topgan bo’lib qanday zararli gazdan himoyalanishga 
qarab uning tarkibi aniqlanadi.
Ishlovchi kishi xavf manbaiga bevosita tekkanda yoki undan ma’lum 
oraliqda turganida jarohat olishi mumkin. Xavfli doira deganda odamning hayoti 
va salomatligi uchun xavfli ishlab chiqarish omili doimo ta’sir yetib turadigan yoki 
vaqti-vaqti bilan paydo biladigan makon (joy) tushuniladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


53 
Xavfli doiraga misol tariqasida yuk ko’tarish vositalari bilan siljitilayotgan 
yuk atrofidagi, aylanayotgan zanjirli, tasmali va kardanli uzatmalar atrofidagi joy 
tushuniladi. Mashinalarning aylanayotgan qisimlaridagi tashqariga chiqib 
turadigan yelementlar (boltlar, shpil’kalar, shplintlar) ayniqsa xavfli doira 
hisoblanadi, ular ishlayotgan kishining sochini, kiyimini ilashtirib ketishi mumkin. 
Mashinalarning qismlari bir biriga qarab aylanganda (paxta terish mashinalari 
shpindeli barabanlarining yonma-yon joylashgan juvftlari) xavfli doiraga tortib 
ketish xavfi tug’iladi, xavfli doiralarning o’lchamlari fazoda o’zgaruvchan bilishi 
mumkin. 
Hamma qishloq xo’jaligi korxonalariga yetkazib beriladigan har qanday 
qishloq xo’jalik mashinasi, agregati, mexanizmi va uskunalari baxtsiz 
hodisalarning oldini olinishning zamonaviy vositalari bilan jihozlanadi. Mehnat 
xavfsizligi to’siq, tormoz, blokirovka, saqlash qurilmalari, signalizasiya, shaxsiy 
himoya vositalarini ishlatish, shuningdek ularning yaxshilanishi nazorat qilish 
bilan ta’minlanadi. 
To’siq qurilmalar xavfli doiralarni izolyasiyalash uchun oddiy, ishonchli va 
arzon to’siq qurilmalar keng ko’lamda ishlatilmoqda. To’siq qurilmalari odam 
bilan xavf orasida to’siq yaratish uchun hizmat qiladi. Ular qanday maqsadga 
mo’ljallanganiga qarab har-xil konstruksiyada bo’ladi. 
Saqlovchi qurilmalar mashina va uskunalarga qo’yiladigan mavjud 
talablarga muvofiq har bir mashina, traktor yoki agregatda avariya holidagi ish 
rejimiga mo’ljallangan saqlash qurilmalari bo’lmasa, bunday mashina ishga 
yaroqli yemas, deb hisoblanadi. Saqlash qurilmalarining ishlash prinsiplari nazorat 
qilinadigan parametr (zo’riqish, bosim, temperatura va h.k) ruxsat yetiladigan 
chegaradan chiqqanda uskunaning avtomatik to’xtatishga asoslangan. 
Tormozlash qurilmalari mashina va uskunalarning harakatlanayotgan 
(aylanayotgan) elementlarini tez va asta-sekin to’xtatish uchun tormozlash 
qurilmalari ishlatiladi. Bundan tashqari, ular mashinalarni qiyaliklarda tutib turish, 
ko’tarilgan yukning iz-izidan pastga tushib ketishidan saqlash maqsadida ham 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


54 
ishlatiladi. 
Blokirovka qurilmalari. Blokirovka - bu mexanizmlarni yoki ularning 
qismlarini muayyan holatda ishonchli mahkamlashni ta’minlaydigan vositalardir. 
Blokirovka qurilmalari mexanizm va mashinalarda boshqa saqlagich vositalarning 
bo’lishi ishlovchining xavfsizligini ta’minlay olmaydigan hollarda qo’llaniladi. 
Signalizasiya. qillaniladigan signalizasiya qurilmalari mexanizm, agregat 
va mashinalarning ish jarayonining miqdori yoki sifat izgarishlaridan habardor 
bilib turishga imkon beradi. Signalizasiya funksional vazifaga kira qo’yidagilarga 
bilinadi: ogohlantiruvchi, nazorat qiluvchi va gaplashish signalizasiyasi. 
Tuproqqa ishlov beradigan mashinalarda ishlashda xavfsizlik choralari. Ishni 
boshlashdan oldin rostlash ishlari kompleksini bajarish lozim, bunda dastlab ish 
organlarining iz-izidan pastga tushishi yoki tushib ketishining oldini oladigan 
chora-tadbirlarni kirish kerak. 
Tuproqqa ishlov beradigan mashinalarning ish organlarini mashina 
ishlayotgan vaqtda tozalash mutloqo taqiqlanadi. Plug limixlarini almashtirishdan 
oldin oldingi va ketingi korpuslarning dala taxtalari tagiga mustahkam tagliklar 
qo’yish zarur.
Diskli boronalar bilan ishlashda rostlash va tozalash ishlarini bajarishda 
disklarning o’tkir qirralari qo’lni kesib ketishi mumkin. 
Tuproqqa ishlov beradigan agregat ishlayotgan vaqtda uning oldida turish va 
yurayotganida ramasiga o’tirish ta’qiqlanadi. 
Quruq havoda shamol bilayotganda traktorchi himoya kuzoynagini taqib 
ishlashi kerak. Kechasi ishlaganda agregat yetarli darajada yoritilgan bilishi lozim.
b) Ekin o’tqazish mashinalarini ishlatishda xavfsizlik choralari. Seyalkalar 
bilan ishlashga ekin yekish agregatlarida ishlash uchun tayyorlangan, seyalkalarni 
tuzilishini biladigan va xavfsizlik texnikasidan instruktaj olgan kishilargina ruxsat 
etiladi. 
v) Don ekish seyalkalarining urug’ yashigiga boshqa narsalarni solish 
ta’qiqlanadi. Agregat harakatlanayotgan vaqtida mashinani rostlash, ekish 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


55 
apparatlariga urug’ solish, shuningdek, markyorlarni ko’tarish va tushirish 
yaramaydi. Ish boshlanishidan oldin ekish aparatlarining qopqoqlari zashchelka 
bilan berkitilgan bilishi kerak.
g) Organik o’g’itlar solishda xafvsizlik choralari. Organik o’g’itlar bilan 
ishlashga mexanizatorlarning xavfsizligi, asosan mashinani ishlatishdagi xavfsizlik 
talablariga rioya qilishga bog’liq. Ishni boshlashdan oldin boltli birikmalarni 
tekshirib kirish, reduktorda surkov moyi borligini, transportyor zanjirlarning 
tarangligini tekshirishi va kardon valni qo’lda aylantirib, yuritma mexanizmlarda 
qisib (tishlab) qoladigan joylar yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak. 
d) O’simliklarni himoya qilishdagi texnik vositalardan foydalanishda 
xavfsizlik choralari. O’simliklarni kimyoviy himoya qilish uchun ishlatiladigan 
mashinalar (OVX-28, OShU-50 va h.k) mavsum boshlanish oldidan remont 
qilinadi, ishchi organlari (changlatgichlar) rostlanadi, neytral suyuqlikdan (suv, bor 
yeritmasi va h.k.) foydalanib ish holatida sinab ko’riladi va shaxsiy muhofaza 
vositalaridan ishlash haqidagi qisqacha yozuvlar tiklanadi. 
A) Umumiy talablar. Mineral o’g’itlar o’simliklarni o’sishini ta’minlovchi, 
pesticidlar, zararsizlantiruvchi va boshqa kimyoviy vositalar o’simlikshunoslik 
amaliyotiga keng kirib kelgan. Ular yuqori hosil olishni va saqlashni ta’minlaydi. 
Biroq bu hamma moddalar u yoki bu miqdorda odamga va atrof muhitga xavflidir. 
Kimyoviy moddalarning tasiri odamni ular bilan bevosita aloqasi natijasida 
(aralashmalar tayyorlashda; urug’larga, tuproqqa, o’simliklarga ishlov berishda, 
ishlov berilgan uchastkalarda ishlashi yoki bo’lishi va h.k.) va bilvosita - o’simlik, 
oziq -ovqat va ximikatlar bilan ishlov berilgan dalalardan olingan mahsulotlari 
orqali, shuningdek hayvonot mahsulotlari orqali (go’sht, sut, tvorog, tuxum va 
h.k.) va o’simlik mahsulotlari yem sifatida ishlatilganda ularning tarkibida nitrat va 
pesticidlarning miqdori me’yoriy kirsatkich darajasidan yuqori bo’lsa. Pestisidlar 
odam uchun mineral o’g’itlarga nisbatan xavfliroqdir. Ishlatilishiga qarab 
pestisidlar insektisidlar (qurt-qumursqaga qarshi kurashish uchun), akaradsidlar 
(kanaga), rodensidlar (zararli kemiruvchilarga), fungisidlar (zamburug’ kasalliklari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


56 
bilan), bakterisidlar (bakteriyalar), gerbisidlar (begona o’simliklarga) va boshqalar. 
Pestisid va mineral o’g’itlar bilan zaharlanishni oldini olish (profilaktika 
qilish) asosiy yo’llari, ular bilan ishlaganda me’yor, mehnat xavfsizligi va kollektiv 
saqlanish vositalarini ishlatish; agrotexnikaga, ekinlarga qayta ishlov berish va 
kimyoviy preparatlarni sarf qilish miqdoriga qat’iy rioya qilish; kimyoviy 
ishlovlarni aholi yashaydigan joydan, molxonalardan, suv havzalaridan kerakli 
uzoqlikda olib borish, shamolning ruxsat etilgan tezligida ishlov berish; hosilini 
terib olishgacha ekinlarga berilgan ohirgi kimyoviy ishlov muddatini saqlash; 
o’rganilgan va faqat ruxsat etilgan preparatlardan foydalanish. Granulalangan 
shakldagi pestisidlardan foydalanish mehnat sharoitlarini yahshilashda ijobiy 
natijalarni beradi. 
Omborxona binolarida tabiiy va mexanik ventilyasiyalashni, omborchiga 
alohida xona va qo’shimcha xonalar hojatxona, dushxona, shaxsiy xona vositalari 
saqlanishi uchun, suv, sovun, sochiq, aptechkalar va boshqalar uchun. 
Qoplangan va qoplanmagan mineral o’g’itlar alohida bo’limlarda saqlanadi. 
Qoplanmaganlarni g’aram qilib balandligi 2 metrgacha (qotib qolmagan o’g’itlar 3 
m gacha) to’plab qo’yiladi, qoplanganlari esa tagidan namlik o’tmasligi uchun 
taglik qo’yib qoplarni bir-birini ustiga g’aram qilib taxlanadi. G’aram orasidagi 
oraliqlar 3 m dan kam bo’lmasligi kerak, (mexanizmlarni ishlashi va odamlar 
o’tishi uchun), g’aramlardan ombor devorigacha bo’lgan oraliq 1 m dan kam 
bo’lmasligi kerak. G’aramning tepasi bilan omborning shipi orasidagi oraliq 0.4 m 
dan kam bo’lmasligi kerak. Suyuq mineral o’g’itlar maxsus idishlarda saqlanadi. 
Pestisidlar kimyoviy korxonalardan (bochkalarda, barabanlarda, konistrlarda, 
yuqori bosimga bardosh beradigan ballonlarda, shisha idishlarida, qoplarda, 
yashiklarda, qutilarda) keltiriladi va ularni faqat yassi yoki tirkab qo’yiladigan 
poddonlarda, stellajlarda bir-birini ustiga qiyilib saqlanadi, har xil pestisidlar 
boshqa-boshqa g’aramlarda saqlanadi, bular orasidagi masofa 1 m dan kam 
bo’lmasligi kerak. Hamma turdagi idishlarning ustida preparatning nomi, 
moddaning belgilangan ta’sirini foizi, pestisidning guruhi, xavfsizlik belgisi, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


57 
og’irligi netto, shuningdek "Yong’indan xavfli" yoki "Portlash xavf" bor va 
ogohlantiruvchi chiziq razmeri 20-40 sm gerbisidlar qizil, defoliantlar oq, 
nematosidlar qora, fungisidlar yashil, dorilovchi moddalar zangori, zoosidlar sariq 
rangda bo’ladi. Omborchi pestisidlarni faqat xo’jalik rahbari yoki muovinining 
yozma ravishda berilgan farmoyishiga asosan o’simliklarni himoya qilish ishlariga 
javobgar shaxslarga bir kuniga yetarli miqdorda beriladi. Ish tugagandan keyin 
qolgan pestisidlar va bo’shagan taralar qayta omborga topshiriladi. Ishdan chiqqan 
qog’oz yoki yog’och taralarni maxsus maydonlarda yoqib tashlanadi. Omborga 
keladigan va chiqadigan pestisidlar shnurlangan va raqamlangan kirim-chiqim 
daftarida ro’yxatga olinadi va omborxonada saqlanadi. 
Pestisidlarni transportda tashish javobgar shaxs ishtirokida, maxsus yoki shu 
maqsad uchun moslashtirilgan transportda shaxs ishtirokida va faqat soz va yaxshi 
yopilgan taralarda amalga oshiriladi. Agar tara buzilib ketsa, darhol transport 
to’xtatiladi va buzuqlik tuzatiladi, buning uchun kerakli hamma materiallarga, 
asboblarga va shaxsiy himoyalanish vositalariga ega bilish kerak.
Mineral o’g’itlarni tarasiz (uyma holda) transportda tashishga ruxsat etiladi. 
Faqat changlanib ketish xavfini olgan holda (brezent bilan yopib qo’yish). 
Suyuq o’g’itlarni ishlatish joylariga avtosisternalarda va yuk tashuvchi 
mashinalar ustida hajmiy idishlarda yoki transport bochkalarida yetkazib beriladi. 
Suyuq mineral o’g’itlarni transportda tashish uchun ishlatiladigan hajmli idishlar 
zich yopiladigan bilishi kerak, havo kiradigan va saqlovchi klapanlarga, ajratuvchi 
chizig’iga va yozuvchiga ega bilishi kerak. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə