Umumiy astronomiya


I SEMESTR Ma’ruza materiallari



Yüklə 2,82 Mb.
səhifə16/154
tarix28.11.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#133263
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154
UMK Umumiy astronomiya Fizika

I SEMESTR

Ma’ruza materiallari


1-Ma’ruza. Kirish. “Umumiy astronomiya” fanining maqsad va vazifalari. Uning boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Astronomiyaning zamonaviy bo'limlari.

§ 1. Astronomiya fani: vazifalari va amaliy ahamiyati
Bulutsiz kechada shahar tashqarisida bizlardan ancha olislarda joylashgan joylarda yulduzli osmonni tiniq ko'rishimiz mumkin (1.1-rasm). Shu orqali osmondagi bu minglab yorug’lik manbalari asrlar davomida odamzodni o'ziga qanday jalb qilganini tushunish qiyin emas. Quyoshdan keyin tungi osmonda o'ziga yarasha “shoh” bo'lgan va doimo o'zining fazalarini o'zgartirib turuvchi Oy odamlar e'tiborini jalb etuvchi osmon obyektidir. Yulduzlar o'zgarmasdek bo'lib ko'rinadi, faqatgina ayrim nisbatan ravshan obyektlar – sayyoralar yulduzlarga nisbatan harakatlanishini kuzatish mumkin.
Astronomiya (yunoncha ἀστρονομία so’zidan olingan bo’lib, u ἀστήρ, ἄστρον (aster, astron) yulduz va νόμος (nomos) qonun degan ma’noni bildiradi) – Koinot jismlari va ular sistemalarining fizik holati hamda tarkibini, ko`rinma va haqiqiy harakatini, paydo bo`lishi, tuzilishi va evolutsiyasini o`rganuvchi fandir. U eng qadimiy fanlardan biri bo`lib, insonning moddiy hayot talablari asosida paydo bo`lgan va rivojlanib kelgan. Odamlar juda qadim zamonlardayoq osmon jismlari, jumladan, Quyosh, Oy va sayyoralarning harakatlarini o‘rganib, Yerda fasllar almashinuvi, Oy fazalari, hatto tutilishlarni ham oldindan bilishgacha erishganlar. Kromanon odamlariga tegishli suyaklar topilgandan keyin ma’lum bo’lishicha, ularda 30000 yil avval Oy fazalari aks ettirilgan o’yilmalar borligi aniqlangan. Boshqa tomondan, qishloq ho’jaligi ishlari uchun yil fasllarini kelish muddatlarini bilish o’ta muhim bo’lgan. Shuningdek, diniy marosimlar va bashoratlar osmon jismlarining joylashishlariga asoslangan holda aniqlangan. Shular orqali o’lchaslar aniqligi oshib borgan va odamlar osmon jismlarining harakatini oldindan hisoblab berishni o’rganib olishgan.
Fan sayyoralar va ularning yo`ldoshlarini, Quyosh va yulduzlarni, sayyoralararo va yulduzlararo mayda jism (kometalar, asteroidlar va h.k.) larni, gaz va chang tumanliklarini, tabiiy va sun`iy yo’ldoshlar orbitalarini o`rganadi. Uning tadqiqotlari natijasida materiyaning yangi holatlari va fizik tabiati bilan noyob xususiyatlarga ega bo`lgan yangi obyektlari kashf qilinadi va o`rganiladi. Bunga misol tariqasida, pulsarlar, barsterlar, kvazarlar, lasertidalar, qora o`ralar, relikt nurlanish, gravitatsion to`lqinlar va boshqalarni aytib o`tish mumkin.




1-rasm. Oqqush yulduz turkumidagi Shimoliy Amerika buluti. O’ng tomondagi eng yorqin yulduz – bu α Oqqush yohud Deneb yulduzi

Qator fundamental fanlarning (fizika, matematika, mexanika) rivojlanishida astronomiyaning hissasi kattadir. Astronomiyaning bir necha bo`limlari xalq xo`jaligi rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Masalan, suv kemalarda suzish davrida, kemalarning port va qirg’oqlardan uzoqlashishi kattalashgan. Shunda kemaning joylashishini aniqlash masalasi katta muammolarni tug’dirgan. Astronomlar bu muammoni hal etishda amaliy yechimlarni taklif qilishgan. Ushbu masalalarning yechilishi XVII-XVIII asrlarda astronomiyaning eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib kelgan. O’sha vaqtlarda sayyora va boshqa osmon jismlarining harakat jadvallari chop etilgan. Jadvallar Kopernik, Brage, Kepler, Galiley va Nyutonlar tomonidan ochilgan sayyoralar harakat qonunlariga asoslagan.


Astronomik tadqiqotlar rijovlanishi odamlarning dunyoqarashini, fikrlarini geosentrik, antroposentrik konsepsiyalardan zamonaviy qarashlar tomonga o’zgartirgan. Cheksiz Koinotda odam va Yer o’ta kichik rolni o’ynashini tushunishgan. Astronomiya insonga tabiatdagi real masshtablarni anglab olishni o’rgatgan. Astronomik usullar bilan Yerdagi yoki fazodagi istalgan joyning aniq koordinatlarini topish, vaqtni aniqlash, Yerning o`z o`qi atrofida aylanishining notekisliklarini berib borish, kuzatuvchi turgan joyning harakatini tekshirib, zilzilalar qonuniyatini o`rganish, kosmik apparatlar harakatiga Quyosh sistemasi jismlarining ta`sirini hisoblab bera olish, ularni yulduzlarga nisbatan oriyentirlash kabi qator ishlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Tabiiy fanlar ichida boshqa fanlardan farqli ravishda astronomlar osmon jismlari bilan bevosita tajribalar o‘tkazish imkoniga ega emaslar. Shundan kelib chiqib, astronomiya fani kuzatish fani deyiladi, chunki osmon jismlarining tabiatiga tegishli barcha xulosalar, asosan, kuzatish materiallarini o‘rganish yordamida olinadi. Bu sohada oxirgi yillarda kosmik kuzatishlar va sun’iy yo’ldoshlarning hissasi oshishiga qaramay, kuzatuvlarning aksariyat qismi Yerda joylashgan observatoriyalarda olinadi. Yaxshi observatoriyalar odatda baland tog’ tepaliklarida joylashadi. 1.2-rasmda shunday joylarning biri – Chilidagi Paranal tog’ida Evropa VLT (Very Large Telescope – Juda katta teleskop) teleskopi joylashgan observatoriyasi misol qilib ko’rsatilgan.
Koinotdagi obyektlarni o‘rganishda fan o‘z oldiga asosan quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
- Koinot obyektlarining fazodagi ko‘rinma holati va harakatlarini, bu ma’lumotlar asosida ularning haqiqiy harakatlarini o‘rganish, ulargacha masofalarni, ular o‘lchamlari hamda massalarini aniqlash;
- Koinot jismlarining ichki va tashqi tuzilishini, kimyoviy tarkibini, ulardagi fizik sharoitlarini tadqiq etish;
- Koinot obyektlari va ular sistemalarining kelib chiqishi va evolyusiyasini o‘rganish.
Ko‘rinma holat va harakatlariga tegishli masalalar juda qadimdan o‘rganila boshlangan. Ayniqsa, osmon mexanikasining asosiy qonunlari Kepler va Nyuton tomonidan kashf etilgandan so‘ng bu sohada katta yutuqlarga erishildi.
Koinotdagi jismlarning fizik tabiatini tadqiq etish uncha katta bo‘lmagan davr ichida amalga oshirilib, asosan oxirgi bir necha o‘n yillar ichida bu sohada yangi usullarni qo‘llash va quvvatli teleskoplarning ishga tushirilishi evaziga muhim va salmoqli natijalar qo‘lga kiritilgan.
Oxirgi vazifa oldingi ikkita vazifalardan ham murakkabdir. Undagi masalalrning echilishi bir necha yuz yillar, hatto ming yillar davomida yig‘ilgan materiallarni o‘rganish, tahlil qilish bilan bog‘liq. Shuning uchun ham hozircha bu sohadagi bilimlarimiz farazlar, taxminlar va gipotezalar bilan cheklanadi, xolos.




2-rasm. Chilidagi Paranal tog’ida Evropa VLT (Very Large Telescope – Juda katta teleskop) teleskopi joylashgan observatoriya

Astronomiya fundamental fan bo’lib, uning rivojlanishi birinchi navbatda odamning qiziqishi, tabiat va Koinot haqida yanada ko’proq ma’lumot olish istagi bilan asoslanadi. Astronomiya ilmiy dunyoqarashning rivojlanishida muhum ahamiyatga egadir.





Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə