211
sxemasi 6.13-rasmda keltirilgan. O‘lchash jarayoni xromatografda ikki bosqichda
o‘tadi:
oldin
aralashma
alohida
komponentlarga
ajratiladi,
so‘ngra
aralashmadagi har qaysi komponentning
miqdori o‘lchanadi.Gaz aralashmasini ajratish
kolonkasi 2 da sodir buladi.
Bu kolonka yupqa naychadan iborat
bo‘lib, o‘z sirtidagi gazlarni ushlab olish va
tutib turish xususiyatiga ega bo‘lgan modda
— sorbent bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Tahlil
qilinayotgan gazning dozator 1 da o‘lchab olingan porsiyasi davriy ravishda eltuvchi
gaz deb ataladigan yordamchi gazning uzluksiz oqimiga berib turiladi. Kolonka
orqali aralashma porsiyasi haydalganida tegishli komponentlarga ajraydi. Ajralish
gazlarning turlicha absorbsiyalanishi tufayli yuz beradi. Absorbsiyalanish qancha
yuqori bo‘lsa, eltuvchi gaz molekulalarini sorbent sirtidan shuncha qiyinlik bilan
ajratib oladi. SHuning uchun eltuvchi gaz kolonkaga to‘xtovsiz kirib turib, undan
kompomentlarni navbati bilan siqib chiqaradi: oldin aralashmaning kuchsiz
absorbsiyalanadigan komponenti, so‘ngra qolganlarini. SHunday qilib, kolonkadan
haqiqatan olganda binar aralashma chiqadi, uning komponentlardan biri eltuvchi
bo‘lib, boshqasi tahlil qilinayotgan aralashma bo‘ladi. Binap aralashmalar detektor 3
yordamida tahlil qilinadi. Detektorlarning eng ko‘p tarqalgan turlaridan biri
termokonduktometrik gaz analizatorlaridir. Detektorning chiqish signali qayd etuvchi
asbob 4 ga beriladi.
Gazlarni tahlil qilish uchun gaz absorbsion va gaz taqsimlash xromatografiya
usullari eng ko‘p tarqalgan. Bularning birinchisida harakatchan faza — gaz va
qo‘zg‘almas faza — maydalangan qattiq modda bo‘ladi. Ikkinchi xil asboblarda
harakatchan faza — gaz va qo‘zg‘almas faza — g‘ovak asosga surkalgan suyuqlik
bo‘ladi. Gaz-absorbsion xromatograflarda komponentlarning ajralishiga ularning
qo‘zg‘almas qattiq faza sirtiga turlicha absorbsiyalanishi, gaz taqsimlash
xromatograflarda esa qo‘zg‘almas suyuq fazada turlicha erishi sabab bo‘ladi.
6.13 –
расм
.
Dostları ilə paylaş: