Umumiy doc


Aerozolli-ionli gaz analizatorlari



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Aerozolli-ionli gaz analizatorlari
gazni tahlil qiladigan radioizotopli 
asboblarga taalluqli bo‘lib, ularda gaz muhitining fizik parametri — gazlarning elektr 
o‘tkazuvchanligi, ionizasiyalovchi nurlanish ta’sirida bo‘lgan gazlarning elektr 
o‘tkazuvchanligi o‘lchanadi. Bu asboblarda gazning 
α
yoki 
β
aktiv izotop 
ko‘rinishidagi ichki ionizasiya manbaiga ega bo‘lgan ionizasion tok kamerasi sezgir 
element bo‘lib xizmat qiladi. Muhitning nazorat qilinayotgan komponenti 
konsentrasiyasining o‘lchovi bo‘lib kameraning elektrodlari orasida ularga 
kuchlanish berilganda, hosil bo‘ladigan ionizasiya toki xizmat qiladi. 
Bu gaz analizatorlarining xususiyati shundan iboratki, ularda nazorat 
qilinayotgan komponent oldin aerozol holatiga keltiriladi. Bu erda, hosil bo‘ladigan 
aerozol zarralari soni nazorat qilinayotgan komponent konsentrasiyasiga mutanosib 
bo‘lib, ionizasiya tokining o‘lchanayotgan kuchining o‘zgarishini aniqlaydi. 
Aerozol zarralari ta’sirida kamera ionizasiya toki 
I
ning o‘zgarishi quyidagi 
munosabat bilan ifodalanadi: 
I=I
0

e
-CN
τ
r,
(6.8) 
bu erda 1
0
— kamerada aerozol zarralari bo‘lmagandagi boshlang‘ich tok kuchi; N — Brikard doimiysi 
bo‘lib, uni gaz ionlarining aerozol zarralarga o‘tirish ehtimoli borligi nuqtai nazaridan aniqlanadi; S — gazdagi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


210 
aerozol zarralarining konsentrasiyasi
τ
— gaz ionlarining kamera ichida «yashash» vaqti bo‘lib, uni ionizasiya 
kamerasining tuzilishi va elektr maydonning kuchayishiga qarab aniqlanadi; r — aerozol zarralarining o‘rtacha 
radiusi. 
6.12-rasmda aerozolli — ionli gaz analizatorining prinsipal sxemasi 
ko‘rsatiglan. Nurlanish manbai 1 va ionlar kollektori 3 
joylashitirilgan ionizasion oqim kamerasi 2 ga gaz 
sarfi uyg‘otgichi bilan tahlil qilinayotgan havo so‘rib 
olinadi. Ayni bir vaqtda kameraga tegishli kimyoviy 
reagentning 
bug‘lari 
kiritiladi. 
Kamera 
ichida 
kimyoviy reaksiya sodir bo‘lib, buning natijasida 
aniqlanayotgan 
komponent 
aerozolga 
aylanadi. 
Ionizasiya toki qarshiligi katta nagruzka rezistori R da 
kuchlanish tushuvini vujudga keltiradi, bu 
kuchlanish o‘zgarmas tok kuchaytirgichi 4 da kuchaytiriladi. Aerozol zarralarining 
konsentrasiyasiga ko‘ra o‘zgaradigan ionizasion tokning kuchi aniqlanayotgan 
komponent konsentrasiyasining o‘lchovi hisoblanadi. Ikkilamchi asbob 5 
aniqlanayotgan komponentning konsentrasiyasini ko‘rsatadi. 
Asbobdan havodagi zararli moddalarni, shu jumladan azot oksidlari, vodorod 
xlorid, ammiak, aminlar va boshqalarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. 
Vazifasiga qarab gaz analizatorlari shkalasining yuqori chegarasi aniqlanayotgan 
komponentning 0,5 dan 50 mg/m
3
miqdorida o‘rnatiladi. Asosiy xatolik shkala 
chegarasining 10—15% i atrofida. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə