213
binobarin, uning chiqish vaqti o‘zgarmaydi
SHuning uchun har qaysi komponentning chiqish vaqti xromatografik
tahlilning . sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Gaz-absorbsion
xromatografiyada
eltuvchi
gaz
sifatida azot, geliy, havo va boshqa gazlardan foydalaniladi:
absorbent sifatida esa aktiv ko‘mir, silikagel, alyumogel,
magniy oksid va boshqalardan foydalaniladi.
Tahlil natijalarini ikkilamchi asbob qayd etadi. 6.15-
rasmda uch
komponentli aralashmani tahlil qilish
natijalarining lentali diagrammaga yozilishi ko‘rsatilgan.
Tahlil qilinayotgan aralashmaning xromatogrammasi bir
nechta cho‘qqi nuqtalari bo‘lgan egri chiziqdan iborat. Sikl
boshlangandan keyin cho‘qqilarning paydo bo‘lish vaqti
aralashma komponentining turini, cho‘qqining barcha
cho‘qqilar yig‘indi yuziga keltirilgan yuzi esa ayni komponentning konsentrasiyasini
belgilaydi.
Gaz-taqsimlash xromatografiyasida esa ko‘p komponentli gaz aralashmalari
xuddi shu tarzda tahlil qilinadi.
6.16-rasmda gaz-absorbsion xromatografning sxemasi keltirilgan. Tahlil
qilinadigan gaz namuna olish liniyasi 1 bo‘yicha tahlil qilinadigan gazni tayyorlash
paneli I ga keltiriladi, datchik III ga tushadi, kran-qayta ulagichdan o‘tadi dozalovchi
spiral 7 dan va yana kran-almashlab ulagich 8dan o‘tadi va rotametr 3 orqali
atmosferaga chiqarib yuboriladi. Eltuvchi gaz ballondan liniya 2 bo‘yicha
tayyorlovchi paneli II ning rotametri 4 orqali beriladi, asbob datchigi detektorining
taqqoslash kamerasi 5, almashlab ulagich 8, ajratish kolonkasi 9, detektorning
o‘lchash kamerasi 6 dan o‘tadi va tashqariga chiqib ketadi.
6.15 –
расм
.
Dostları ilə paylaş: