217
bosimni o‘lchash, massa sonlarini indekslash va hokazolar uchun mo‘ljallangan.
Massa-spektrometrlar uchta turga: kimyoviy tarkibni tahlil qilish uchun —
MX; moddaning strukturasi va xossalarini tekshirish uchun — MS; izotop tahlil
qilish uchun — MI turlarga bo‘linadi. MS turidagi massa-spektrometrlar laboratoriya
sharoitlarida o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan.
Asbobsozlik sanoati kimyoviy tarkibini tahlil qiladigan MX - 7201, MX-7304,
MX-1320 va izotopni tahlil kiladigan MI-1201B massa-spektrometrlarini chiqaradi.
MX-7201 massa-spektrometri metallarda va ularning qotishmalarida N
2
, O
2
,
N
2
, S
2
gazlari va ularning gaz hosil qiluvchi qo‘shilmalari miqdorini aniqlash uchun
mo‘ljallangan. Tekshirilayotgan materialdan gaz ajralib chiqishi vakuumda
suyuqlantirish yuli bilan yoki grafitli tigelda amalga oshiriladi. Gazsimon
qo‘shilmalarning tarkibini aniklash monopolyar (bir qutbli) massa-spektrometr
yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegaralari 2—60.
Magnitsiz MX-7304 massa-spektrometri so‘rib (tortib) olish tizimlari bilan
ta’minlangan vakuumli tizimlarda qoldiq gazlarni sifat jihatidan tahlil qilish uchun
mo‘ljallangan. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegaralari 2—200, tahlil qilish
xatoligi ±2,5%.
MX-1320 massa-spektrometri gaz aralashmalarini, suyuqliklarni va 400°S
gacha haroratda gazsimon holatga o‘tadigan qattiq moddalarni miqdor va sifat
jihatidan tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegarasi
1—4000, tahlil qilish xatoligi ±5
∙
10
-6
%.
MI-1201B massa-spektrometri gazlarning va qattiq moddalarning izotop
tarkibini sanoat sharoitida tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Natijalarini SM1 bazaviy
hisoblash kompleksi yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash
chegaralari 2—720, tahlil qilish xatoligi ±0,15%.
Dostları ilə paylaş: