Umumiy doc


-§. SUYUQLIKLARNING TARKIBINI TAHLIL QILISH



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

6.3-§. SUYUQLIKLARNING TARKIBINI TAHLIL QILISH 
Suyuqliklar tarkibini tahlil qilish deyilganda ularning elementar, funksional 
yoki molekulyar tarkibini aniqlash tushuniladi. Tarkibni aniqlaydigan asboblar 
analizatorlar 
deb ataladi. Muhitda faqat bitta komponentning miqdorini aniqlash 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


218 
uchun mo‘ljallangan analizatorlarni ba’zan 
konsentratometrlar
deb yuritiladi. 
Suyuqliklar konsentrasiyasini o‘lchash uchun quyidagi ulchov birliklari eng ko‘p 
tarqalgan: mg/sm
3
; g/sm
3
; massasi yoki hajmi bo‘yicha, %. 
Harorat, bosim va shu kabi parametrlarning o‘lchash natijalariga kuchli ta’sir 
etishi analitik o‘lchashlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Bu parametrlar 
ayniqsa o‘lchash aniqligiga ta’sir qiladi. SHuning uchun avtomatik analizatorlar, 
odatda, namunalar tanlab olish, ularni tahlilga tayyorlash, o‘lchash sharoitlarini 
stabillash yoki tuzatishlarni avtomatik kiritish va hokazolar uchun qo‘shimcha 
murakkab jihozlar bilan ta’minlangan bo‘ladi. 
Tahlil qilinadigan suyuqliklarning turli-tumanligi va ularning tarkibi hamda 
xossalarining keng chegarada bo‘lishi tahlil qilish usullari turlicha bo‘lgan avtomatik 
asboblar ishlab chiqarishni taqozo etadi. Asbobsozlik sanoati xilma-xil suyuqliklarni 
tahlil qiluvchi turli avtomatik analizatorlar ishlab chiqaradi. Suyuqliklarni tahlil 
qilishning sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullariga konduktometrik, potensiometrik, 
optik, titrometrik va radioizotopli usullar kiradi. Quyida sanoatda keng tarqalgan 
usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan. 
Eritmalarni tahlil qilishning konduktometrik usuli 
Elektrolit eritmalarining konsentrasiyasini ularning elektr o‘tkazuvchanligiga 
ko‘ra o‘lchash (konduktometrik usul) laboratoriya sharoitida ham, sanoat sharoitida 
avtomatik nazorat qilish uchun ham keng qo‘llaniladi. Konduktometrik 
konsentratometrlarning 
ishlashi 
eritmalar 
elektr 
o‘tkazuvchanligining 
ular 
konsentrasiyasiga bog‘liqligiga asoslangan. 
Arrenius nazariyasiga ko‘ra elektrolitlar suvda eritilganida molekulalar, ionlar 
dissosiasiyalanib, shu ionlarning eritmada mavjud bo‘lishi eritmaning elektr 
o‘tkazuvchanligiga sababdir. Dissosiasiyalanish darajasiga ko‘ra kuchli va kuchsiz 
elektrolitlar bo‘ladi. Kuchli elektrolitlar deyarli batamom ionlarga dissosiasiyalangan 
bo‘ladi, 
kuchsiz 
elektrolitlarning 
eritmalarida 
esa 
ma’lum 
miqdorda 
dissosiasiyalanmagan molekulalar ham bo‘ladi. 
Turli moddalar eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini baholash uchun 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


219 
Kolraush ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlilik tushunchasini kiritdi, u 1 sm
3
eritmada 1 
g-ekv modda bo‘lgan eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi sifatida aniqlanadi: 
η
σ
λ
=
, (6.9) 
bu erda 
λ
 — eritmaning ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi; 
σ
 — eritmaning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi. 
Sm/sm; 
η
— erigan moddaning ekvivalent konsentrasiyasi, g

 ekv/sm
3

Barcha elektrolitlar uchun ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik dissosiyalanish 
kuchayishi 
natijasida 
eritma 
suyula 
borishi 
bilan 
ortadi. 
Eritma 
to‘la 
dissosiasiyalanganda (ya’ni eritma cheksiz suyulganida) u eng katta qiymatiga 
erishadi. Eritmaning solishtirma o‘tkazuvchanligi bilan suyultirilgan elektrolitning 
tabiati hamda uning konsentrasiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik Kolraush qonuni bilan 
aniqlanadi: 
σ
=
α∙
η
(
v
k
-
v
a
) , (6.10) 
bu erda a — elektrolitik dissosiasiyalanish darajasi; v — ionlar (kationlar v
k
va anionlar v
a
) ning eritma 
cheksiz suyulgandagi qo‘zg‘aluvchanligi, ya’ni ularning kuchlanish gradienti IB/sm bo‘lgan elektr maydonidagi siljish 
tezligi, Sm/s bilan ifodalanadi. 
6
.17-rasmda 
solishtirma 
elektr 
o‘tkazuvchanlikning 
konsentrasiyaga 
bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Grafikdan ko‘rinib 
turibdiki, 
eritmaning 
konsentrasiyasi 
oshganda 
uning 
solishtirma 
elektr 
o‘tkazuvchanligi avval tez ortib, maksimal 
qiymatiga 
etadi, 
so‘ngra 
kamayadi. 
Binobarin, 
konduktometrik 
tahlilda 
konsentrasiya bilan elektr o‘tkazuvchanlik
o‘rtasida bir xil bog‘liqlikka ega bo‘lish 
uchun o‘lchashlarni maksimumdan bir 
tomonda 
joylashgan 
konsentrasiyalar 
chegarasida 
bajarish 
zarur. 
Rasmdagi 
bog‘liqliklardan 
ko‘rinib 
turibdiki, 
maksimumdan chapdagi egri chiziqlarning tikligi katta bo‘ladi. Binobarin, 
konsentrasiyalarning bu sohasida konduktometrik usul eng katta sezgirlikka ega 
bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanliqlarning konsentrasiyaga bog‘liqlikning bir xilmaslik 
6.17 – 
расм


Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə