Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

 
бўлган
 
кондуктометрнинг
 
схемаси
 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


222 
kattalik 

U
2,3
muvozanatlovchi ko‘prikning a va b uchlaridagi potensiallar ayirmasi 
U
ab
bilan taqqoslanadi. Agar U
ab


U
2,3
bo‘lsa, u holda elektron kuchaytirgich EK 
ning kirishiga muvozanatning buzilish signali 

U
x
=

U
ab


U
2,3
kiradi. Muvozanat 
vaqtida Uab = 

U
2,3
bo‘ladi, bu erda, elektrodlar 2 va 3 zanjirida tok bo‘lmaydi. 
O‘lchashdagi 
harorat 
xatoliklarini 
avtomatik 
kompensasiyalashni 
muvozanatlovchi ko‘prikning elkalaridan biriga ulangan metall qarshilik termometri 
R
t
bajaradi. Nazorat qilinayotgan eritmaning harorati o‘zgarganida, R
t
qarshilik ham 
o‘zgaradi, buning natijasida potensiallar ayirmasi U
ab
ham o‘zgaradi. R
t
o‘zgargandagi orttirma 

U
ab
(

t) nazorat kilinayotgan eritmaning harorati o‘zgarishi 

t tufayli hosil bo‘lgan orttirma 

U
2,3
(

t) ga kattaligi jihatidan teng va ishorasi 
jihatidan qarama-qarshi bo‘lishi kerak. Bu tenglikka kompensasiyalovchi ko‘prikning 
parametrlarini (R
1
, R
2
, R
3
rezistorlarning qarshiliklarini) hamda kuchlanish U
2
ni 
tanlash yo‘li bilan erishiladi. 
Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi haroratga juda bog‘liq. Eritma harorati 
1°S ga ortsa, uning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 1,5—2% ga oshadi. 
Eritmalarning harorati amalda juda keng chegaralarda o‘zgaradi, shuning uchun 
konduktometrik konsentratomerlar harorat o‘zgarishining o‘lchash natijalariga ta’sir 
qilishini bartaraf qiluvchi avtomatik kompensatorlarga ega bo‘lishi kerak. Sanoatda 
avtomatik harorat kompensatorlari eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, suyuqlikli 
kompensatorlar ularning turlaridan biridir. 
Suyuqlikli kompensator parametrlari o‘lchash yacheykasining parametrlariga 
o‘xshash elektrod datchikdan iboratdir. Kompensator elektr o‘tkazuvchanlik harorat 
koeffisienti nazorat qilinayotgan suyuqlikning harorat koeffisientiga taxminan teng 
bo‘lgan etalon suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Kompensator nazorat qilinayotgan 
suyuqlikka konsentratomerning o‘lchash yacheykasi bilan birgalikda kiritiladi. 
Kompensator ko‘prikli o‘lchash sxemasining elkasiga ulanadi. Etalov va nazorat 
qilinayotgan suyuqlikning haroratlari bir xil bo‘lganligi va harorat koeffisientlari bir-
biriga yaqin bo‘lganligi sababli haroratlar o‘zgarganida, o‘lchash yacheykasi
qarshiligining o‘zgarishini suyuqlikli kompensatorning qarshiligining o‘zgartirish 
yo‘li bilan to‘la kompensasiyalash mumkin. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


223 
Sulfat kislota konsentratomeri KSO-u (6.20-rasm) eritmadagi sulfat kislota 
konsentrasiyasini nazorat qilish, qayd etish va rostlash uchun mo‘ljallangan. 
Konsentratomer elektrodli datchik 1 va ikkilamchi asbob 2 KSMZ dan iborat. 
Konsentratomerning datchigi idishdan iborat bo‘lib, uning ichiga teshiklar bilan 
yonma-yon qilib past tomoni ochiq stakan o‘rnatilgan hamda o‘lchash va taqqoslash 
yacheykalari joylashtirilgan. O‘lchash yacheykasi ikkita o‘lchash elektrodidan iborat 
bo‘lib, ularning har qaysisi elektrod kavsharlangan ochiq shisha naychadan iborat. 
Taqqoslash yacheykasi haroratni avtomatik tarzda kompensasiyalash uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, shisha naychaga kavsharlangan elektrodlardan iboratdir, 
naychalarga sulfat kislota to‘ldirilgan bo‘ladi, uning konsentrasiyasi esa asbob 
shkalasidagi o‘rta belgiga mos keladi. 
Elektr o‘tkazuvchanlik muvozanatdagi ko‘prik sxemasi bo‘yicha o‘lchanadi, 
o‘lchaydigan R
x
va takqoslaydigan R
t
elektrod yacheykalari ko‘prikning ikki elkasi 
bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘prik sxemasining qolgan ikki elkasini o‘zgarmas rezistorlar 
R
4
, R
5
, R
6
, R
7
va shuntlovchi rezistorlari R
2
hamda R
3
va reoxord R
1
tashkil qiladi. 
Ko‘prik sanoat chastotasidagi o‘zgaruvchan tok bilan ta’minlanadi. O‘lchash 
sxemasidagi tok kuchi o‘zgaruvchan tok manbaiga parallel qilib ko‘prikning 
ta’minlash diagonaliga ulangan rezistor R
8
ni siljitish yo‘li bilan rostlanadi. 
6.20-
расм

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə