233
oshadi, yuqorigi fotorezistorniki esa kamayadi. Fotorezistorlar qarshiligining
o‘zgarishi ko‘prik sxema yordamida o‘lchanadi.
YAna bir keng tarqalgan turlaridan biri atomatik refraktometrlar bo‘lib,
ularning ishlashi to‘la ichki qaytarish hodisasiga asoslangan.
Refraktometrlar benzin, kerosin, xlorid va nitrat kislotalari, spirtlar va boshqa
suyuqliklarni tahlil qilishda qo‘llaniladi. Ba’zi refraktometrlar kyuvetining tuzilishi
ulardan agressiv, zaxarli, polimerlanadigan va yuqori haroratli muhitlarni tahlil
qilishda foydalanishga imkon beradi. Miqdor jihatdan tahlil qilishning kalorimetrik
usuli rang qo‘shilgan eritmalarning ulardan o‘tadigan yorug‘lik oqimini bir xilda
yutmasligiga asoslangan. Miqdoriy nisbatlar Lambert-Ber qonuniga muvofiq
aniqlanadi.
Fotoelektrik kalorimetrlar
spektrning ko‘rinadigan qismida ishlash uchun
mo‘ljallangan. Konsentrasiyani o‘lchash tahlil qilinayotgan moddaning bo‘yalish
jadalligi bo‘yicha bajariladi, asbobning nomi ham shundan olingan («kolor»— rang
degani). Odatda fotokalorimetrlar spektrning keng sohasida ishlaydi, shuning uchun
ularda nurlanish manbalari sifatida cho‘g‘lanish lampalaridan foydalaniladi. O‘lchash
sezgirligi va tanlanishini oshirish uchun fotokalorimetrlarda yoru
ђ
lik filtrlaridan keng
foydalaniladi. Erug‘lik oqimlarining jadalligini qayd etish uchun qabul qilgichlar
sifatida turli fotoelementlar, fotoqarshiliklar va fotoko‘paytirgichlardan foydalaniladi.
Avtomatik fotokalorimetrlarda odatda ikki kanalli (differensial) sxemalar
qo‘llaniladi. Bu sxemalar yorug‘lik manbaidagi o‘zgarishlarga sezgir emas, chunki
ularda o‘lchash ishlari taqqoslash usulida
bajariladi. Ikki kanalli kalorimetrlarda (6.27-
rasm)
ikki
fotoelementning
fototoklari
taqqoslanadi; fototoklardan birining kattaligi
nazorat qilinayotgan eritma orqali o‘tayotgan
yorug‘lik oqimiga, ikkinchi fototokning
qattaligi esa etalon eritmadan o‘tgan yorug‘lik
oqimiga mutanosib bo‘ladi.
Etalon
va
tekshirilayotgan
6.27 –
расм
.
Dostları ilə paylaş: